17:40 / 18.02.2018
9637

O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Farg‘ona viloyat bo‘limi mumtoz shoirlar xotirasini yod etdi

2018 yil 14 fevral kuni O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan Farg‘ona shahrida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan “Buyuklar yodi hamisha qalbimizda” nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. 
Mazkur adabiy-badiiy kecha xalq orasida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish, oilalar, korxona, ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarga, shu jumladan, ko‘zi ojiz o‘quvchilarga ulug‘ siymolarimizning boy ijodiy merosini yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Kechada Farg‘ona viloyati hududida istiqomat qiluvchi jamiyatning 200 ga yaqin a'zosi va ta'lim olayotgan ko‘zi ojiz yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda viloyat bo‘limi raisi Bahodir Boltaboyev, Farg‘ona Davlat universitetidan filologiya fanlari doktori professor Habibullo Jo‘rayev, Farg‘ona Davlat universiteti katta o‘qituvchisi Islombek Mannopov, O‘zbekiston Xalq ta'limi a'lochisi shoira O‘ktamxon Soliyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limidan Dilshoda Ergashevalarning Navoiy-Bobur hayoti va ijodi haqida qilgan ma'ruzalari yig‘ilganlarda juda katta taasurot qoldirdi.

Foto: O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Farg‘ona viloyat bo‘limi

Adabiy kechani ochib berish uchun so‘zga chiqqan Bahodir Boltaboyev bugungi kunda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlik uchun Jamiyat a'zolari nomidan cheksiz minnatdorlik bildirdi. 

Foto: O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Farg‘ona viloyat bo‘limi
Foto: O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Farg‘ona viloyat bo‘limi

Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika kasb-hunar kolleji, Viloyat ko‘zi ojiz bolalarga ixtisoslashgan maktab-internati, VXTB tasarrufidagi ko‘zi ojiz va kar o‘quvchilarga ixtisoslashgan ta'lim muassasalaridan tashrif buyurgan ko‘zi ojiz o‘quvchilar tomonidan Navoiy-Bobur g‘azallari o‘qib eshitirildi. 

Foto: O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Farg‘ona viloyat bo‘limi

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi Bahodirjon Boltaboyev barcha ishtirokchilarga chuqur minnatdorlik bildirib, tadbirda faol ishtirok etganlarga esdalik sovg‘alari topshirdi va barcha tadbir qatnashchilarining kelgusidagi ish faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Foto: O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Farg‘ona viloyat bo‘limi

 

Top