NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg alyansning eşiklari Gruziya va boşqa nomzodlarga oçiq ekanligini aytdi.
Stoltenberg bu haqida Makedoniyaning alyansga kirişi haqidagi bayonnomaning ratifikatsiyasidan keyin aytgan. Makedoniya NATOga kiriş uçun nomini “Şimoliy Makedoniya”ga özgartirişgaça bordi.
Stoltenberg Gruziyaga barça mezonlarni bajarişi, islohotlarni amalga oşirişi va Abxaziya hamda Janubiy Osetiya masalasini hal qilişi lozimligini eslatib ötgan.
“NATO eşiklari Gruziya kirişi uçun barça mezonlarni bajarganda oçiq qoladi. Bugungi voqea Gruziya uçun kuçli signal bölişi lozim”, deb aytgan boş kotib.
Şimoliy Makedoniyaning NATOga kirişi bayonnomasi alyansning barça davlatlari tomonidan Bryusseldagi uçraşuvda ratifikatsiya qilindi. Uşbu davlat byurokratik jarayonlar davom etgunça yiğilişlarda taklif qilingan davlat kabi iştirok etib turadi.












