AQŞ Suriyadan öz qöşinlarini aprel oxirigiça töliq olib çiqişni rejalaştirmoqda. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda Wall Street Journal naşri xabar berdi. 

Naşr manbalariga köra, amerikalik harbiylar yaqin haftalarda Suriyani tark eta boşlaydilar. Bundan oldin ular IŞID terrorçilik guruhini batamom tor-mor etişlari lozim. Ta'kidlanişiça, qöşinlarning katta qismi mart örtalarigaça, töliq esa aprel oxirigaça olib çiqiladi. 

Şuningdek, AQŞ qöşinlarni olib çiqişdan oldin turk harbiylarining kurdlarga hujumini istisno qiliş maqsadida Turkiya bilan muzokaralar ötkazişni rejalaştirmoqda. Şu bilan birga Vaşington Anqara bilan kelişuvga erişilmasa, qöşinlarni olib çiqişni qoldirişga töğri kelişi mumkinligini istisno qilmayapti.