Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bepul platformalar va generativ sunʼiy intellektning (SI) kinematografiya uçun tahdidi haqida sözlar ekan, agar SI ijodkorlarning örnini egallaşga daʼvo qilsa, bu ulkan xato bölişini aytdi. U janubiy koreyalik hamkasbi Li Çje Myon bilan birgalikda «Lyumer sammiti» oçilişida sözga çiqdi.
«Agar hisoblaş qudrati ijodiy qudratga aylanişi mumkinligiga işonsak, dahşatli xatoga yöl qöygan bölamiz. U ijod sanalgan narsaga taqlid qilişi mumkin. Lekin u heç qaçon inson ijodining mutlaq öziga xosligini örnini bosa olmaydi. Unda faqat buning körinişi bor, xolos», – dedi Makron.
Fransiya prezidentining taʼkidlaşiça, sunʼiy intellekt «bizga xos bölgan hissiyotni maʼlum maʼnoda taqlid qiladi, xolos». U «uşbu sunʼiy intellektni ijodkorlik xizmatiga qöyiş» vazifasini zamonamizning yana bir çaqiriği deb atadi va SI texnologiyalari ustidan «nazoratni qaytarişga» daʼvat etdi, biroq aniq çora-tadbirlarni taklif qilmadi.
«Biz sunʼiy intellekt yanada masʼuliyatli va inson manfaatlariga köproq urğu bergan holda rivojlanadigan davrni boşlaşimiz kerak», – deb taʼkidladi öz navbatida Li Çje Myon.
Fevral oyida Makron videoöyinlar va sunʼiy intellekt sababli yoşlarning ruhiy salomatligiga oid xavflarni örganişni taklif qilgan va çeklovlar bölişi mumkinligini istisno etmagan edi. Prezident sözlariga köra, çat-botlar inson xulq-atvori va hamdardligiga taqlid qiladi, «döstlardek muloqot qiladi» va bu «salbiy oqibatlarga olib kelişi» hamda yoşlarning «yakkalanib qolişini» kuçaytirişi mumkin.
Şuningdek, Fransiya yetakçisi sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan kontentni «SI tomonidan yaratilgan» degan majburiy belgi bilan tamğalaşni taklif qilgan. «Buni amalga oşirişga imkon beradigan Yevropa meyoriy hujjatlari bizda bor. Men Yevrokomissiyadan bu talabni qatʼiy sörayman va undan çekinmayman», – deb taʼkidlagan edi u öşanda.








