Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi “Yoqilği-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqiçma-bosqiç özgartiriş töğrisida”gi 897-sonli qarorining ijrosini ta'minlaş maqsadida joriy yilning birinçi yarim yilligida “Özbekenergo” AJ tomonidan Toşkent şahrining Yunusobod tumanida tajriba tariqasida, aholi iste'molçilari tomonidan foydalangan elektr energiyasi uçun hisob-kitoblar örnatilgan me'yor asosida amalga oşirilmoqda.
Ya'ni, “Özbekenergo” AJ matbuot xizmati xabariga köra, joriy yilning 1 yanvaridan boşlab, iste'molçilar oy davomida foydalanilgan 300 kVt.soat (örnatilgan me'yordan) elektr energiyasi uçun tölovlarni aholi uçun belgilangan tarif böyiça, 300 kVt.soatdan ortiq qismi uçun esa belgilangan tarifga 1,2 baravar oşirilgan koeffitsiyentini qöllagan holda amalga oşiriladi.
Bundan maqsad, iste'molçilar tomonidan elektr energiyasidan tejamkorlik bilan va oqilona foydalanişni tarğib etiş va bu orqali yagona elektr energetika tizimining maksimum yuklamali soatlarida yuklamani kamaytiriş hamda iste'molçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaşga erişişdir.
Bugungi kunda aholining turmuş şaroiti yaxşilanişi natijasida maişiy elektr jihozlaridan foydalanişga bölgan ehtiyoj ortib bormoqda. Agarda, 2000 yilda bitta aholi iste'molçisining örtaça oylik iste'moli 114 kVt.soatni taşkil etgan bölsa, 2018 yilda bu körsatkiç 75 foizga ösib, örtaça oylik iste'mol 200 kVt.soatni taşkil etgan. Tahlil natijalariga köra, 2030 yilga borib aholining elektr energiyasiga bölgan ehtiyoji 2018 yilga nisbatan 1,5 martaga ösişi kutilmoqda.
Iste'molçilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uçun hisob-kitoblarning örnatilgan me'yor asosida amalga oşirilişini Respublika miqyosida keng tatbiq etiş böyiça yakuniy qaror, joriy yilning birinçi yarim yilligi yakuni bilan Toşkent şahar Yunusobod tumanida ötkazilgan tajriba natijalariga köra qabul qiliş rejalaştirilgan.












