Özbekistonda barça tovar belgilari töliq xatlovdan ötkaziladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Intellektual mulk sohasida davlat boşqaruvini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorda aytiladi.
Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan birgalikda:
2019 yil 1 iyulga qadar Özbekiston Respublikasida röyxatdan ötkazilgan hammaga ma'lum tovar belgilarining nohalol röyxatdan ötkazilişini aniqlaş nuqtai nazaridan Özbekiston Respublikasi hududida röyxatdan ötkazilgan barça tovar belgilarini töliq xatlovdan ötkazadi va qonun talablari buzilgan holda berilgan tovar belgilarini röyxatdan ötkaziş töğrisidagi guvohnomalarni bekor qiliş çoralarini köradi;
intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş va oldini oliş böyiça ta'sirçan çoralarni köradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tizimiga ötkazilgani xabar qilingandi.












