Hukumat qarori bilan «Tovar belgilari va xizmat körsatiş belgilarini röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatişning ma’muriy reglamenti» tasdiqlandi. 

Reglamentga köra, mazkur davlat xizmati Adliya vazirligi (vakolatli organ) tomonidan körsatiladi. 

Tovar belgisini röyxatdan ötkazişga doir talabnomani topşiriş böyiça harakatlar talabnoma beruvçi tomonidan bevosita yoki vakili orqali amalga oşiriladi. 

Şunga köra, davlat xizmatidan foydalaniş uçun vakolatli organning axborot tizimi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud poçta aloqasi böyiça talabnoma topşiriladi. 

Söng talabnoma beruvçi 3 oy davomida talabnoma topşiriş uçun patent boji tölovini amalga oşirişi kerak. 

Patent boji tölangaç, talabnoma qabul qilinib, uning qayd raqami va kelib tuşgan sanasi körsatilgan xabarnoma talabnoma beruvçiga yuboriladi. 

Intellektual mulk markazi talabnoma kelib tuşgan sanadan 30 kun davomida talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oşiradi. 

Reglamentga köra, jumladan, quyidagilar tovar belgisi sifatida röyxatdan ötkazilmaydi:

- davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tuşirilgan belgilar;

- tovar va uning tayyorlovçisi töğrisidagi yolğon yoki iste’molçini çalğitişi mumkin bölgan belgilar;

- jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bölgan belgilar.