Agar Rossiya va AQŞ örtasidagi Örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi bitim buzilsa, unda buning uçun Rossiyani ayblaş kerak, deya hisoblaydi AQŞning NATOdagi elçisi Key Beyli-Xatçinson. Bu haqda u The New York Times uçun maqolasida yozgan.

«Agar Örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi bitim ölsa - Rossiyani ayblang», - deya öz maqolasiga sarlavha bergan amerikalik elçi.

Amerikalik elçining bildirişiça, Rossiya uzoq vaqtdan buyon Örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi bitim bilan taqiqlangan raketalarni joylaştira boşlagan. Ularni işlab çiqiş 2000-yillarning örtasida boşlangan, deya hisoblaydi u. Agar Rossiya mazkur bitim şartlariga rioya qilmasa, unda Qöşma Ştatlar olti oy içida uni tark etadi, deyiladi materialda.

Biroq, bitimni bekor qilişga moyillik 2007 yildayoq paydo bölgandi, öşanda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Myunxen Xavfsizlik böyiça konferensiyasidagi nutqida raketalar böyiça bitimga putur yetkaziş istagi töğrisida «signal yuborilgan», deydi AQŞ elçisi.

Şundan keyin Rossiya barça mamlakatlar iştirok etadigan, «global» bölişi kerak bölgan, bitimga muqobil variantni qidira boşladi, deyiladi materialda. Rossiyaning kayfiyati prezident Jorj Buş ma'muriyati yuqori martabali vakillari bilan munozaralarga zid bölmagan.

Amerikaning NATOdagi elçisi yozişiça, AQŞ sobiq mudofaa vaziri Robert Geyts öz memuarlarida öşa paytda rossiyalik hamkasbi bölgan, mudofaa vaziri lavozimi egallagan Sergey Ivanov bilan birinçi uçraşuvida u Rossiya bu bitimdan çiqişni xohlayotgani haqida ma'lum qilganini bildirgan.

Rossiyadan farqli ravişda, AQŞ raketalar böyiça bitim va qurol-yaroğlar ustidan nazorat böyiça boşqa xalqaro majburiyatlarga qat'iy rioya qilmoqda, deb yozadi muallif. Beyli-Xatçinsonning umid bildirişiça, Kreml bitimga rioya qilişga qaytadi va uning tegişli talablariga javob bermaydigan 9M729 raketasini yöq qiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Klinton Trampning raketalar bitimi böyiça qarorini «Putinga sovğa», deb atagandi.