AQŞ prezidentligiga sobiq nomzod Xillari Klinton ma'lum qilişiça, Amerika yetakçisi Donald Trampning Örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi bitimdan çiqiş qarori Rossiya prezidenti Vladimir Putin uçun «sovğa» hisoblanadi. Bu haqda The Hill yozmoqda.
Klintonning qayd etişiça, sobiq prezident Barak Obama ma'muriyati Örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş böyiça bitim yuzasidan Rossiya bilan hamkorlik qilişda «nisbatan yaxşiroq işlaşi» kerak edi. Şu bilan birga, uning fikriga köra, Tramp Putinga sovğa taqdim etdi, sababi Rossiya prezidenti bitim böyiça «aldamçi harakatlar» uçun «javobgarlikni» öz zimmasiga olmadi.
«Dunyoga hozirda kerak bölgan eng sönggi narsa - yadro qurollari poygasi», - deb ta'kidlab ötdi Klinton.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya gipertovuşli raketani qaçon yaratişi ma'lum qilingandi.

















