AQŞning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari nazorati boşqarmasi (FDA) mamlakatdagi ilk tarkibiga tabiiy marixuana kiruvçi preparatni tasdiqladi. Associated Press şu haqida xabar berdi.
Epidiolex («Epidioleks») dori vositasi bolalardagi epilepsiyaning ikki oğir şaklini davolaş uçun möljallangan: Drave sindromi (ensefalopatiyaning oğir şakli) va Lennoks-Gasto tuğma sindromi (epilepsiya şakli). Dori vositasi bezgakni kamaytiradi – şifokorlar hozirça uning aynan qanday ta'sir körsatişiga oid ma'lumotni taqdim etişmagan.
Umuman olganda, bu - qulupnay ta'mli sirop. Uning asosiy komponenti – kannabidiol nomli kimyoviy modda: u naşa ösimligi tarkibiga kiradi, lekin narkotik ta'sir körsatmaydi. Dori vositasi şunisi bilan kannabidiol yoğ (tibbiyotda qöllaniluvçi marixuana)dan ajralib turadi. U qadar tuşunarli bölmagan yuridik maqomiga qaramay, kannabidiol yoğ Amerikaning qator ştatlarida sotiladi.
Agentlik şuningdek yangi preparatning aks ta'siri borligini ham qayd etib ötgan: içburuğ, qayt qiliş, çarçoq va uyqusizlik.
Şunday bölsa-da, umuman olganda dori vositasi 500 nafar köngillida muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgan va şu yilning kuz oylarida sotuvga çiqadi. Tahlilçilarning fikriça, «Epidioleks»ning yillik zaxirasi ota-onalarga 25 ming dollarga tuşadi, sotuvlar esa vaqt ötgaç yiliga 1 milliard dollarga yetadi.
AQŞning 9 ştati va Kolumbiya okrugida marixuanani şifokor körsatmasisiz iste'mol qiliş mumkin. Kannabidiol yoğ sotuvi 20 ştatda qonuniy yölga qöyilgan. Biroq, umuman olganda, federal qonunçilik uni tibbiy qadr-qimmatga ega bölmagan modda sifatida baholaydi va uni geroin va “LSD” (lizergamidlar guruhiga mansub yarim sintetik psixoaktiv modda) bilan bir qatorga qöşadi.












