Özbekiston Respublikasi prezidenti “Yetim bolalar va ota-onasining qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni ijtimoiy himoya qilişni kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi:

Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari, bolalar şaharçalari va bolalar uylariga 1 ta psixolog ştat birligi, tarbiyalanuvçilari soni 200 nafardan ortiq bölgan “Mehribonlik” uylari, bolalar şaharçalari va bolalar uylariga 2 ta psixolog ştat birliklarini kiritadi;

Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yil davomida “Mehribonlik” uylari va bolalar şaharçalarida Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Xalq ta'limini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan zamonaviy kompyuter sinflarini oçiş, tarbiyalanuvçilarni zamonaviy kompyuter dasturlaş könikmalariga öqitişni taşkil qiliş va axborot texnologiyalari sohasida yoş mutaxassislar tayyorlanişini ta'minlaydi;

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, Respublika bolalar ijtimoiy moslaşuvi markazi va boşqa jamoat taşkilotlari bilan birgalikda oila institutini mustahkamlaş, ijtimoiy yetimlikning oldini oliş, şuningdek, “Mehribonlik” uylarini bosqiçma-bosqiç kam komplektli bolalar şaharçalariga hamda ijtimoiy muassasalarning boşqa muqobil şakllariga ötkaziş maqsadida 2019 yil 1 iyunga qadar muddatda 2019-2023 yillarda “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallaştiriş dasturini işlab çiqadi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi, Respublika bolalar ijtimoiy moslaşuvi markazi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyunga qadar muddatda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bolalarni tarbiyalaş uçun oilaga qabul qilayotgan (patronat) vasiy va homiylikka nomzodlarni, farzandlikka olayotganlar va oilaviy bolalar uylarining tarbiyalovçi ota-onalarini tanlaş va kuzatib boriş tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar kiritadi;

Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xalq ta'limi vazirligi va boşqa davlat organlarining “Işonç telefonlari” orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga yordam körsatiş tizimini taşkil qiladi, şuningdek, “Mehribonlik” uylari va bolalar şaharçalarida zarur aloqa vositalari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilişini, “Işonç telefonlari” uzluksiz işlaşini hamda ulardan tarbiyalanuvçilarning erkin foydalanişini ta'minlaydi.