Özbekistonda umrbod oylik tölov oladigan sportçilar röyxati tasdiqlandi, ularning soni 57 nafarni taşkil qilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.

Özbekiston Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erişgan Özbekiston sportçilarini jamoat va sport işlariga keng jalb etiş hamda sportçilarni va ularning trenerlarini rağbatlantiriş töğrisida” qaroriga asosan Olimpiya va Paralimpiya öyinlari ğolib va sovrindorlari uçun umrbod oylik tölovlar tölab borilişi belgilangan edi. Qaror ijrosini ta'minlaş böyiça qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 dekabrdagi va joriy yilning 7 fevralidagi tegişli farmoyişlariga asosan, umrbod oylik tölov oladigan sportçilar röyxati tasdiqlandi.

Hozirça umrbod oylik tölov tölab boriladigan Olimpiya va Paralimpiya öyinlari ğolib va sovrindori soni - 57 nafar. Ularga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining har yili tasdiqlanadigan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida nazarda tutilgan mablağlar hisobidan:

·      Oltin medal uçun — eng kam oylik iş haqining 10 barobari;

·      Kumuş medal uçun — eng kam oylik iş haqining 5 barobari;

·      Bronza medal uçun — eng kam oylik iş haqining 5 barobari miqdorida umrbod oylik tölab boriladi.