Özbekistonda iş haqi ösişining yuqori surʼatlari 2026-yilning birinçi yarmida ham davom etgan. Bu haqda Markaziy bankning II çorak uçun mehnat bozori şarhida söz boradi.

Qayd etilişiça, 2026-yil yanvar-iyun oylarida örtaça oylik nominal iş haqi 7,1 mln sömni taşkil etgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga köp. Inflyatsiya taʼsiri hisobga olinganda esa aholining real iş haqi 10,9 foizga oşgan.

Eng yuqori maoş moliya sohasida

Tarmoqlar kesimida iş haqi miqdori sezilarli farq qilmoqda. 2026-yilning birinçi yarmida eng yuqori örtaça iş haqi moliya va suğurta faoliyatida - 19,1 mln sömni taşkil qilgan.

Keyingi yuqori körsatkiç axborot va kommunikatsiya xizmatlari sohasida qayd etilgan - bu yönalişda örtaça iş haqi 17,4 mln söm bölgan.

Şu bilan birga, iş haqi eng past bölgan sohalar qatorida qişloq xöjaligi va ijtimoiy xizmatlar qolmoqda. Qişloq xöjaligida örtaça iş haqi 3,5 mln söm, ijtimoiy xizmatlarda esa 4,7 mln sömni taşkil etgan.

Şunday qilib, moliya va suğurta sohasidagi örtaça iş haqi qişloq xöjaligidagi körsatkiçdan qariyb 5,5 baravar yuqori.

Qaysi sohalarda iş haqi tezroq oşdi?

Iş haqi ösiş surʼatlari böyiça ayrim tarmoqlar umumiy körsatkiçdan ham yuqori natija qayd etgan.

Xususan, 2026-yilning birinçi yarmida:

  • taşiş va saqlaş sohasida iş haqi 22,8 foizga;

  • ijtimoiy xizmatlarda 20,2 foizga;

  • qurilişda 19,9 foizga oşgan.

Bu tarmoqlardagi iş haqi ösişi mamlakat böyiça örtaça nominal iş haqi ösişidan yuqori bölgan.

Hududlarda vaziyat qanday?

Iş haqining real ösişi hududlar böyiça ham bir xil bölmagan. Real iş haqining eng yuqori ösişi Jizzax viloyatida - 13,3 foizni taşkil qilgan.