Qoraqalpoğiston Respublikasining Qonliköl tumanida 11 fevral kuni “Jayhun” OFYda joylaşgan “Aziz zamin” fermer xöjaligi dala maydonidagi vagonçada yonğin sodir bölgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabarida aytilişiça, körilgan çoralar natijasida yonğin öçirilgan.
Yonğin oqibatida vagonçaning 22 kv.m. maydonida içki qismi, jihozlari yonib zarar körgan va yonğin öçiriş vaqtida yuqoridagi fermer xöjaligi qorovuli O.O.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Yonğin elektr isitiş peçini yoqib nazoratsiz qoldirişi oqibatida kelib çiqqanligi aniqlangan. Suriştiruv işlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.











