«Barselona» boş murabbiy Ernesto Valverde bilan şartnoma uzaytirilişini e'lon qildi.
Klub rasmiy saytida yozilişiça, ispan mutaxassisi bilan 2019/20 yillar mavsum yakuniga qadar möljallangan bitim tuziladi va unda muddat yana bir yilga uzaytirilişi mumkinligi qayd etiladi.
Valverde 2017 yil yozida – «Atletik» boş murabbiyi sifatidagi 4 yillik faoliyatidan keyin «Barselona» ustoziga aylangandi. U birinçi mavsumda jamoani ikki sovrin – Ispaniya çempionligi va kubogi sari yetaklab bora oldi; YeÇLda esa çorak finalga qadar yetib borib, sensatsion tarzda «Roma»ga imkoniyatni boy berdi.
Kuni keça kataloniyaliklar klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu uşbu mutaxassisga işonişini aytgan, klub bu mavsum heç qanday sovrin yutmasa ham, murabbiy lavozimida qolişini ma'lum qilgandi.
«Işonamanki, Valverde qoladi. U öz futbolçilariga işonadi. Qolaversa, jamoada endigina ikkinçi mavsumini ötkazyapti.
Maqsadimiz – barça musobaqalarda ğalabaga erişiş. Jamoani boşqarişni unga işonib topşirganman va biz heç narsa yuta olmagan taqdirimizda ham u jamoaga murabbiylik qilişda davom etadi», – degandi Bartomeu.
Eslatib ötamiz, keça «Atletiko» boş murabbiy Diyego Simeone bilan yangi şartnoma imzolagandi.












