Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatida harbiy avtokolonnaga amalga oşirilgan hujum oqibatida halok bölganlar soni 42 nafarga yetdi. Bu haqda India Today naşri xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, terrorçi-xudkuş Jammu şahridan Şrinagarga yöl olayotagan 78 ta transport vositasidan iborat avtokolonna yonida 350 kg portlovçi modda ortilgan avtomobilni portlatgan. Avtokolonna 2,5 mingdan köproq harbiyni olib ketayotgan bölgan. Bomba içida 42 kişi bölgan avtobuslardan biri yaqinida portlagan.
“Men bu pastkaş hujumni qat'iyan qoralayman. Bu qurbonlar bejizga bölmasligi lozim. Butun millat halok bölganlar oilalari blan yelkama-yelka turibdi. Barça jabrlanganlar tezroq tuzalib ketişlarini tilayman”, deb aytgan Hindiston boş vaziri Narendra Modi.
Hujum uçun javobgarlikni “Jayş-a-Muhammad” guruhi öz zimmasiga olgan.












