Jizzax viloyati Ğallaorol tumani Lalmikor mahallasi fuqarolari nomidan quyidagiça murojaat kelib tuşgaç, şu hududdagi 6-sonli maktabgaça ta'lim muassasasida bölib, mavjud vaziyat bilan yaqindan tanişdik.

«Hurmatli Kun.uz tahririyati ijodkorlari. Ğallaorol tumani «Lalmikor» MFYdagi 6-bolalar boğçasida köz körib, quloq eşitmagan holatlar bölyaptiki, uni oşkor etmasak nohaqliklar davom etaveradi. Boğçadagi pala-partişliklar, gödaklar haqiga xiyonat, işçi xodimlarning insoniy manfaatlari toptalişi oldi olinişida bizga yordam bering. Işçi xodimlar rağbat pullarni olmasa, hatto bilmasa, buning huzurini mudira körsa, haqimizni sörasak «men tekşirişga kelgan komissiyaning oğzini yopganman», desa? Tahririyat xodimlari! Sizlardan iltimos, kelib vaziyatni örganib, bizga haqiqatni yuzaga çiqişida yordam bering».

Uşbu murojaatni örganiş maqsadida boğça hududiga kirib bordik. Soat kunduzgi 12:00, töğri oşxonaga ötamiz.

U yerda paxta dalasidagi şiyponlarda taom pişirişda işlatiladigan doşqozonga közimiz tuşdi.

Dala oşxonasidagi qozonda bir bölak ham göşti bölmagan karamli şörva tayyorlanayotgandi. Köp ötmasdan qölida bir çelakka solingan, göşti şilinib olingan suyaklarni kötarib oşpaz kirib keldi. Çaqirilmagan mehmonlarni kutmagan oşpaz qozonda bir bölak ham göşt yöqligi sababini izohlab bera olmadi. Sezişimizça, oşpaz göşti şilib olingan tovuq suyaklarini qaynab turgan qozonga solmoqçi edi.

Oşxonada bolalar uçun muassasa mudirasi tomonidan tasdiqlangan bugungi taomnomani söradik. Boş oşpaz javob bera olmagaç, tekşiruvçilarni köraverib, közi pişib qolgan yordamçi oşpaz taomnoma boğça hamşirasidaligini, hamşira esa tuman markaziga ketganini aytdi. Qiziq, aslida bolalar kunlik taomnomasi oşxonada bölişi kerak emasmi? Aniqlanişiça, şu kuni 210 nafar bola uçun tuşlik tayyorlangan. Me'yor böyiça har bir bolaga 100 grammdan göşt işlatilişi lozim. Şunday ekan, taomga örtaça 22 kg göşt mahsuloti solinişi kerak emasmi? Afsuski, siz suratda körib turgan göşt mahsulotlari uzoği bilan 4 kilogramm çiqadi. Buning ustiga, ovqat pişay deb qolgan, göşt esa hali ham qozonga solinmagan.

Maktabgaça ta'lim muasasasi 150 öringa möljallangan bölib 1969 yili qurib foydalanişga topşirilgan. Şu yerlik aholi vakillarining ma'lum qilişiça, ötgan davr davomida bor-yöği ikki marta ta'mirlangan. Körinişidan, tarbiya maskani çindan ham kapital ta'mirga muhtoj. Guruh xonalaridagi antisanitariya holatlarini heç qanday bahona bilan oqlab bölmaydi. Bolalar soni köpligidan kiçik omborxonadan ham foydalaniladi.

Uşbu xonalar bolalar uçun ham yotoqxona, ham maşğulot xonasi hamda ovqatlaniş xonasi vazifasini ötaydi. Har bir guruxda 30–35 nafardan ziyod bola bölsa, yotoq karavotçalari nari borsa 28tani taşkil etadi. Natijada, ayrim yotoq karavotlarida 2 nafardan bola yotişga majbur bölmoqda.

Ovqatlaniş uçun möljallangan stol-stullar kamligidan ayrim tarbiyalanuvçilar tik oyoqda yoki polda ötirgança ovqatlanişadi. Bu holat heç kimni ajablantirmay qöyganiga qaraganda, nafaqat tarbiyaçi-yu tarbiyalanuvçilar, hatto ota-onalar ham bu holatga könikib ketişgan.

Taxta yoğoç va eski mebel siniqlaridan yasalgan stol va kursilarni gapirmasa ham bölaveradi.

«Men boğçaga kelganimda bor-yöği bittagina guruh faoliyat yuritardi. Sakkiz yilda men şu boğçani namunali holatga keltirdim. Bu yerga mehnatim singgan. Bolalar soni köpligiga kelsak, tarbiyalanuvçilarimizning ota-onalari işçi xodimlar, davlat işida faoliyat yuritişadi. Olişga majburmiz. Boğçamizda rus va ingliz tillari mukammal örgatilyapti. Ota-onalar bolajonlari til örganişini istaşadi. Boşqa barça ayblovlarni tuhmat deb bilaman. Men işçi xodimlarimning oylik maoşiga ham, rağbat pullariga ham xiyonat qilmaganman. Hamma xodimlar öz ştatida turibdi, iş ketyapti», deydi biz bilan suhbatda boğça mudirasi.

Vaziyatga Ğallaorol tumani Maktabgaça ta'lim bölimi mudirasi Gulçehra Hojiqulova şunday izoh berdi: «Maktabgaça ta'lim bölimi mudiri vazifasiga ötganimga köp vaqt bölgani yöq. Şu qisqa davr mobaynida tumandagi 6-MTM tarbiyalanuvçilarining ota-onalari yoki xodimlaridan şikoyat kelib tuşmagan. Hozir quvvatga nisbatan bola köp – jami 210 nafar tarbiyalanuvçining barçasi belgilangan tartibda davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilingan. Har bir bola uçun badal puli tölanyapti. Noqonuniy holat aniqlanmagan. 210 nafar bola belgilangan tartibda ovqatlanyapti. Barça oziq-ovqatlarni yetkazib beryapmiz. Töxtovsiz nazorat ostiga olyapmiz. Şaxsan özim bir neça marta borgan bölsam, hammasi nazorat ostida bölgan».

«Men şu 6-sonli bolalar boğçasining kuzatuv kengaşi raisiman, bundan bir neça yillar oldin bu boğça judayam xarob edi. Hozir havas qilsa arziydi. Boğça mudirasi juda yaxşi mehnat qilyapti. Biz ota-onalar hammamiz rozimiz. Bu yerda heç qanday kamçilik sezganimiz yöq, mudira boğça uçun köp mehnat qilgan», – deydi Dilmurod Berdiyorov.

Bugungi kunda bolalar örtasida kamqonlik, köriş qobiliyati pastligi, yassitovonlik kabi turli darajadagi kasalliklar aniqlanmoqda. Mutaxassislarning fikriça, bu kabi kasalliklarning paydo bölişiga ona salomatligi va oiladagi muhit bilan bir qatorda kun davomida bola tarbiyalanadigan muassasadagi şaroit va u iste'mol qilayotgan oziq-ovqatlar sifati ham sabab bölişi mumkin ekan. Şunga qaramay, joylarda hanuzgaça davlat tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulotlar bolalarga töliq yetib kelmasligi holatlari uçrab turişi açinarli holdir.

Qaçongaça jajjigina bolakaylar «an'anaviy» göşsiz karam şörva-yu makaron dimlama, şavla kabi taomlarni iste'mol qilişga majbur? Maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini bevosita nazorat qiluvçi mas'ul şaxslarning muammolarga panja ortidan qaraşini qanday baholaş mumkin?

Umid qilamizki, Ğallaorol tumani Lalmikor mahallasida joylaşgan 6-sonli maktabgaça ta'lim muassasasidagi vaziyat tegişli idoralar tomonidan nazoratga olinadi va mavjud muammolar tez kunlar içida ijobiy hal etiladi.

Gulçehra Şaripova,

Kun.uz muxbiri