Özbekiston Superligasining 2019 yilgi mavsumi uçun qur'a taşlaş marosimi 25 fevral kuni bölib ötadi. Çempionat 8 martdan start oladi. Bu haqda PFL rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Qayd etilişiça, qur'aga qadar PFL komissiyasi 19 fevraldan boşlab futbol klublarini yakuniy tekşiruvdan ötkazadi hamda hafta yakunida Superligada töp suradigan klublar nomiga oydinlik kiritib oladi.
«Rejaga köra, Superliganing 2019 yilgi mavsumi martning ilk kunidan start olişi kerak edi. Biroq futbol klublari litsenziyalaş talablarini yakunlab ulgurmadi. Superligada klub soni 10 ta qoldirilişi mumkinligi borasida avval ham xabar berilgan bölsa-da, bu holatdan ayrim jamoalar töğri xulosa çiqarmagan», – deyiladi xabarda.
Belgilanişiça, mart oyidagi FIFA kunlari, şuningdek, Özbekiston olimpiya terma jamoasining Tokio-2020 yölidagi saralaş uçraşuvlari tufayli klublar 29 martdan boşlab 2-tur uçraşuvlarini ötkazadi. Bunga qadar sara futbolçilar milliy va olimpiya terma jamoalari ixtiyorida böladi.
FIFA kunlari davom etayotgan bir vaqtda PFL kubogi bellaşuvlari bölib ötadi. Mazkur kubokda ğolib çiqqan jamoaga «A» Pro-ligasi uçun imtiyozli yöllanma taqdim etiş rejalaştirilgan.
«PFL 2019 yilgi mavsum format qanday bölişini 12 ta klubga moslab tuzib çiqqandi. Ammo yuqorida körsatilgan muddatlarga qadar klublar işlarini yakunlab ulgurişmasa, ular avtomatik ravişda bitta quyi ligaga tuşiriladi. Jamoaning xalqaro maydonda iştirok etişi yoki sovrinli örinlar uçun kuraşiş qudratiga ega ekaniga emas, litsenziyalaş talablarining bajarilişiga birinçi galda e'tibor qaratiladi», – deya ta'kidlangan PFL xabarida.
Ma'lum qilinişiça, fevral oyining sönggi kunida PFL vakillari OFK komissiyasi bilan uçraşiş uçun Kuala-Lumpurga yöl oladi. Bunda litsenziyalaş talablari, ulardagi barça jihatlar OFK vakillari bilan muhokama qilinadi.
«Aynan 2019 yildan boşlab ÖFA klublarga qöyilayotgan talablarni oşirgan bölib, bunda taşkilot Yaponiya tanlab olgan yöldan yurişga qaror qilgan. Ya'ni, milliy litsenziyalaş talablariga javob bera oladigan klublar OFK Lisenziyalaş komissiyasi talablariga heç bir qiyinçiliksiz mos kelişi şart», – deyiladi liga matbuot xizmati ma'lumotida.
Xabar qilinişiça, şu yilning 1 may kuniga qadar esa barça futbol klublariga 2020 yilgi mavsum talablari aks etgan reglament rasman taqdim etiladi. Klublar yil davomida şuning ustida işlaşi kerak böladi. 31 oktabr kuni esa PFL litsenziyalaş jarayonini yakunlaydi.
«Mazkur muddatdan bir kun keç qolgan jamoalarning arizasi qabul qilinmaydi. Ya'ni 2020 yil uçun qadam noyabr oyi boşlanmay turiboq qöyiladi», – deya ogohlantirgan PFL.
Qayd etilişiça, taşkilot hozirga qadar eski reglamentni tartibga keltirgan, futbolçi va murabbiylar uçun umumiy şartnomalarni işlab çiqqan. Ayni vaqtda PFL boş liga homiylari, şuningdek, bir qator suğurta kompaniyalari, translatsiya masalalari yuzasidan manfaatli kelişuvlar böyiça iş olib bormoqda.
Professional futbol ligasi qur'a va çempionat starti kabi marosimlar sanasi oçiqlanişi biroz keçikkani uçun futbol muxlislaridan uzr söragan. Şuningdek, davlat korxonalari berayotgan tayyor pulga jamoa tuzayotgan klub rahbarlarini öz işiga mas'uliyat bilan yondoşişga çaqirgan.












