Şu yilning 6 fevral kuni soat taxminan 19:00larda haydovçi M.A “Neksiya” rusumli avtomobilini Toşkent şahar tomondan Çirçiq şahri tomonga boşqarib ketayotib, voyaga yetmagan piyoda, 2011 yilda tuğilgan, Çirçiq şahar 12-maktabning 2-sinf öquvçisi L.A.ni urib yuborgan.
Natijada voyaga yetmagan L.A. olgan tan jarohatlari tufayli Çirçiq şahar markaziy şifoxonasining jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonida şu narsalar oydinlaşdiki, örnatilgan kuzatuv kameralari orqali olingan tasvirlarda haydovçi svetoforning taqiqlovçi qizil çiroğiga böysunmasdan harakatlanganligi yaqqol köringan.
Haydovçi M.A. ötgan bir yil davomida 8 marotaba yöl harakati qoidalarini buzib ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganligi, ulardan aynan bitta huquqbuzarlik piyodalarga yöl bermaganligi uçun ma'muriy çora körilganligi ma'lum böldi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, jinoyat protsessual kodeksining 221- moddasi bilan haydovçi ehtiyot çorasi sifatida uşlab turiş uçun qamoqqa olindi.
Hozirda haydovçiga nisbatan 266-moddasining 2-qismi, ya'ni, “Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş” böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.
Agar haydovçi uşbu moddaga köra aybdor deb topilsa, muayyan huquqdan mahrum etiladi va yetti yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.
Tergov jarayonlari yakuniy bosqiçda.












