Internetda Xitoyning Guandun viloyatida arqon köprikning uzilib tuşişi videosi joylaştirildi. Bu haqda The Sun naşri xabar berdi. 

Sayyohlar köprik orqali ötişayotganda, ulardan biri köprik örtasida sakrab, köprikni çayqata boşlagan.

Natijada köprik yuklamani kötara olmay, uzilib tuşgan. Köprikda bölgan sayyohlar çekkalardan tortilgan arqonga ilaşişdan boşqa çoralari qolmagan.

Xitoy OAVning ma'lum qilişiça, Yanszyan şahridagi diqqatga sazovor joylardan biri bölgan köprik suvdan 2,5 metr balandlikda joylaşgan. Köprikda bölgan barça 6 kişi ehtiyot kamarlarida bölganlari sababli jarohat olişmagan. Köprik noma'lum muddatga yopib qöyilgan.