Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida meva-sabzavotçilik klasterini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Toşkent viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining “Agriculture Support Eksport” mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiriş, saqlaş, qayta işlaş va sotişga ixtisoslaştirilgan namunaviy meva-sabzavotçilik klasterini taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma'qullanişi mumkin. Bunda:

klaster uçun ajratilgan yer maydonlaridan samarali va unumli foydalaniş, uşbu maydonlarga sifatli, jahon andozalariga mos eksportbop ekinlarni joylaştiriş, ğöza ekinlari örniga bosqiçma-bosqiç 2020 yilga qadar töliğiça sabzavot ekinlari joylaştiriş va intensiv boğlarni yaratilişi;

meva-sabzavot yetiştiriş böyiça ilğor xorijiy tajribalarni örganiş asosida ulardan hududiy şaroitlarda keng foydalaniş hamda meva-sabzavotçilik sohasiga klaster tizimini joriy qilişda xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş;

taşqi bozor talabiga töliq javob beradigan qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, istiqbolda ularning seleksiyasi va uruğçiligini mamlakatimizda özlaştiriş va rivojlantiriş;

serhosil meva-sabzavot ekinlarini ekiş, mahsulot yetiştiriş, saqlaş, qayta işlaş va sotiş jarayonini töliq qamrab oluvçi tizimni, şuningdek zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan texnologiyalarni meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiriş jarayoniga joriy qiliş va fitosanitariya qoidalariga rioya qiliş tavsiya etiladi.

“Agriculture Support Export” MÇJ tomonidan 2019-2021 yillarda amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari;

2019-2020 yillarda Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida qayta işlaş quvvatlarini joriy qiliş hamda agrar sektori uçun malakali kadrlarni tayyorlaş yuzasidan investitsiya loyihasi ma'qullanadi.

Toşkent viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi va Oliy va urta-maxsus ta'lim vazirligi:

“Agriculture Support Eksport” MÇJga Toşkent viloyati, Yuqori Çirçiq tumanidan ajratib berilgan mavjud yer maydonlarida töliğiça meva-sabzavotçilik klasterini taşkil etişga;

Toşkent viloyati, Yuqori Çirçiq tumanidagi “Agrosanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji”ning yotoqxona va öquv binolarini yangi iş örinlari taşkil etiş va investitsiyalar kiritiş şarti bilan “nol” xarid qiymatida sotiş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.

Belgilanişiça, qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilmaganda, uşbu qarorga asosan berilgan obektdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda doimiy egalik qiliş va ulardan foydalaniş huquqi Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq töxtatiladi.

Toşkent viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi bilan birgalikda:

ajratiladigan yer maydonlaridan samarali va unumli foydalaniş, uşbu maydonlarga sifatli jahon andozalariga mos eksportbop ekinlarini joylaştiriş va ekilişini nazorat qilib boradi.

“Agriculture Support Eksport” MÇJ Toşkent viloyati hokimligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştiriş, qabul qiliş, tozalaş, saralaş, quritiş hamda qayta işlaş quvvatlarini 2021 yilga qadar töliq işga tuşirilişini ta'minlaydi.