Parij jinoyat sudi Şveytsariyaning eng yirik banki UBS’ga pul yuvganlik uçun 3,7 mlrd yevro jarima soldi va 800 mln yevro miqdoridagi sud xarajatlarini tölab berişni zimmasiga yukladi. Bu haqda Le Figaro naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, sud prokuraturaning arzini töliq qondirgan. Jarima qiymati Fransiyada soliq tölaşdan qoçişga taalluqli barça işlar tarixidagi rekord summani taşkil qilgan.
Bundan taşqari, bankning 6 rahbaridan 5 nafari şartli qamoq jazosiga va 300 ming yevrodan jarimaga tortilgan.
Bank huquqşunoslari fransuz sudi qarori ustidan arz qilişmoqçi.
Tergov ma'lumotlariga köra, bank fransiyalik minglab öziga töq mijozlar uçun 2004 yildan 2012 yilgaça soliqdan qoçiş sxemasini taşkillaştirgan. Bank ularga Fransiyaning tegişli idoralarini xabardor qilmasdan Şveytsariyada hisobraqam oçişga imkon bergan. Firibgarliklar oqibatida turli ma'lumotlarga köra Fransiya soliq idoralari yonidan 8 mlrd.dan 23 mlrd yevrogaça pul “oqib” ketgan.












