Özbekiston hukumati Pepsi markasini boşqarayotgan International Beverages Taşkent'dagi davlat uluşini sotişga qaror qildi, deb yozmoqda Spot.

Davlat statistika qömitasi xabariga köra, hukumat Davlat aktivlarini boşqariş agentligi manfaatida qöşma korxonaning 24 foiz aksiyalariga, 76 foiziga esa Holten Group Corp. kompaniyasi egalik qiladi. 

International Beverages Tashkent QK MÇJ Özbekiston bozorida Zip, 7up, Adrenaline Rush, Lipton va Miranda markalari ostidagi mahsulotlarni ham işlab çiqaradi. Sebur içimliklari bazasida taşkil etilgan zavod 2011 yildan buyon faoliyat körsatmoqda. Tez orada birjada aksiyalar narxi ma'lum qilinib, sotuvga çiqarilişi kutilmoqda. 

Eslatib ötamiz, hukumat avvalroq Coca-Cola'dagi davlat uluşini ham sotişga qaror qilgandi. Ötgan yili Moliya vazirligida Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot banki, The Coca-Cola Company (AQŞ) va Coca-Cola İçecek (Turkiya) vakillari bilan muzokaralar ötkazilgandi. YeTTB strategik investor jalb etiş masalasi hal etilgaç, kelişuvni rasmiylaştirişga kömak beradi. ​