9-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda özini «Imarat» obyektlarida işlagan ustalar sifatida taniştirgan kişilar bajargan işlari uçun haq tölanmaganini aytadi. Ularning sözlariga köra, ular qurilişda montaj va pol yotqiziş işlarini bajargan, biroq mehnat haqlarini hanuzgaça olmagan.
Video qahramonlaridan biri aktrisa Şahzoda Muhamedovaga murojaat qilib, uni turmuş örtoği uçun emas, balki haqini ololmayotgan işçilar uçun ham yiğlaşga çaqirgan.
«Şahzoda Muhamedova eri uçun yiğlamasin, kelib mana bu yerda yetim-yesirlarning haqqi uçun yiğlasin. Puli berilmagan ustalar uçun yiğlasin. Minglab xalq azob köryapti», - deydi u.
Videoni tarqatgan şaxs ham mojarodan jabr körganlar orasida aktrisaga işonib, uy xarid qilganlarning aksariyati ayollar ekanligini taʼkidlagan. Uning fikriça, mavjud bölmagan uy-joy uçun faqat maşhur inson reklama qilgani sabab pul tölaş xavfli ekanini bu voqea yana bir bor körsatmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Imarat Development» rahbariyatiga nisbatan firibgarlik va vakolatni suiisteʼmol qiliş bilan boğliq jinoyat işi qözğatilgani xabar qilingandi. Iş doirasida kompaniya rahbari Marat Hamdamovga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Xaridorlar kompaniya bilan tuzilgan şartnomalarda körsatilgan muddatlarda xonadonlar topşirilmagani va pullarini qaytarib olişda muammolarga duç kelganini bildirgan.
Mojaro ortidan kompaniya ambassadori bölgan aktrisa Şahzoda Muhamedova ham videomurojaat bilan çiqib, özini ham uşbu vaziyatda jabrlangan tomon sifatida körsatgandi.
Toşkent şahar prokurori Anvar Örmonov va IIB mutasaddilari holat yuzasidan fuqarolar bilan uçraşuv ötkazib, «Imarat» kompaniyasi loyihalariga pul tölagan xaridorlarga şartnomalari bilan kelib, ariza yozişlari kerakligini bildirgan.













