ITER xalqaro tajribaviy termoyadro reaktorida massasi 330 tonna bölgan öta ötkazuvçan magnitlardan birining keng kölamli sinov dasturi yakunlandi. Işlar davomida mutaxassislar magnit orqali 34 kiloamper kuçga ega elektr tokini muvaffaqiyatli ötkazdi. Şundan söng ulkan konstruksiya magnitlarni past haroratda sinovdan ötkaziş majmuasidan çiqarildi.

D şaklidagi 17-raqamli toroidal ğaltak −269°C gaça sovitildi. Keyin u nominal iş toki - 68 kiloamperning yarmiga teng tokda sinovdan ötkazildi. Sinovlarning muvaffaqiyatli yakunlanişi muhandislarga elektromagnit yuklamalar taʼsirida magnitning qanday deformatsiyalanişini baholaş va uning amaldagi holatini mustahkamlikni hisoblaş modellari natijalari bilan taqqoslaş imkonini berdi.

Ğaltak sinov majmuasidan maxsus taşiş ramasiga köçirildi. Endi u vaqtinça saqlaşga yuboriladi, keyin esa ITER'ning montaj binosiga yetkaziladi. U yerda ğaltak plazma kamerasining yakuniy seksion modullaridan biriga örnatiladi.

Olingan natijalar va amaliy tajriba ITER'ning yaxlit magnit tizimini kompleks sinovlarga tayyorlaşda katta ahamiyatga ega.

Magnitlarni past haroratda sinovdan ötkaziş majmuasi ITER'ning öta ötkazuvçan magnitlari hamda ularning işlaşini taʼminlovçi tizimlarni bevosita tokamakka örnatişdan oldin tekşiriş uçun taşkil etilgan. Bunday tizimlar qatoriga kriogen uskunalar, vakuum tizimlari, elektr taʼminoti manbalari, elektr kiriş qurilmalari va boşqaruv tizimlari kiradi.

ITER'ning toroidal magnitlari reaktor içida öta yuqori haroratli plazmani uşlab turişda asosiy örin tutadi. Loyihada D şaklidagi 18 ta toroidal ğaltak, oltita poloidal ğaltak va markaziy solenoiddan foydalaniş közda tutilgan. Ular birgalikda termoyadro tajribalarini ötkaziş uçun zarur magnit maydonlarini hosil qiladi va boşqaradi.

Past haroratdagi dastlabki sinovlar dasturi ehtimoliy muammolarni magnitlar reaktorga örnatilişidan oldin aniqlaşga qaratilgan. Bu qurilmani işga tuşiriş bosqiçida va undan keyingi foydalaniş davrida texnik xavflarni kamaytiriş imkonini beradi.