Janubiy Koreyada özbekistonlik kelin bilan turmuş quriş mahalliy erkaklar uçun nisbatan qimmatga tuşişi ma'lum böldi. Janubiy Koreya Oila va gender tengligi vazirligi tarqatgan ma'lumotga köra, bunday bir nikoh koreyaliklar uçun 18,3 million von yoki 22 ming AQŞ dollariga tuşadi.

Ma'lum qilinişiça, Janubiy Koreyada qariyb 30 yildan beri kamayib borayotgan qişloq aholisini köpaytiriş hukumat kun tartibida turgan asosiy masalalardan biri bölib kelmoqda. Koreyaning ayrim şahar hokimiyatlari xorijlik kelinlarga pul tölaş, töy xarajatlarini qoplaşga kömaklaşadi. Qişloq xöjaligi va baliqçilik sanoatiga ixtisoslaşgan 35dan ortiq ma'muriy birlikda nikoh subsidiyasi mavjud. Xorijlik «qimmat kelinlar» reytingida filippinliklar, kambodjaliklar va vetnamliklar ham bor.

Loyihadan közlangan maqsad aholining şaharga oqib kelişi va qişloqda yaşaş xarajatlarini oşib ketişining oldini olişdir. Mahalliy hokimlik har bir nikoh subsidiyasi uçun 3600-12000 AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratişi mumkin.

2009 yili start olgan loyiha davomida qişloq joylarida yaşovçi erkaklarning xorijiy yurt fuqarolari bölmiş ayollar bilan nikoh qurişi ommalaşdi. Janubiy Koreyada vetnamliklar bilan nikoh quriş holatlari ança köp uçraydi va u barça nikohlarning 73 foizini taşkil etadi.

Janubiy Koreya Inson huquqlari böyiça milliy komissiyasi tadqiqotlariga köra, xorijlik kelinlarning 40 foizi turmuşida maişiy zöravonliklarga duç kelgan, 68 foizi esa jinsiy zöravonlik qurboni bölgan. Bunga nikoh quruvçilarning yoşdagi katta farqi asosiy sabab sifatida keltiriladi.

2017 yili e'lon qilingan statistik ma'lumotga köra, Janubiy Koreyada 62 mingdan ziyod özbekistonlik yaşaydi.