03:07 / 21.02.2019
20953

YeChL. "Yuventus" safarda "Atletiko"dan yengildi, "Siti" "Shalke" ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Foto: Getty Images

Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvlari doirasidagi so‘nggi juftliklar o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi. 

"Atletiko Madrid"  o‘z maydonida "Yuventus"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 78-daqiqada Ximenesni hisobni ochgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib, Godin jamoasining ishonchli g‘alabasini ta'minladi. 

"Shalke" esa o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Maydon egalari safida Bentaleb dublga erishgan bo‘lsa, mehmonlar tarkibida Aguero, Sane hamda Sterling 1tadan gol urdi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 12 mart kuni o‘tkaziladi. 

Atletiko Madrid – Yuventus 2:0

Gollar: 1:0 – 78 Ximenes, 2:0 – 83 Godin.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul, Parti (Lemar, 61), Rodri Ernandes, Koke (Korrea, 67), Grizmann, Diyego Kosta (Morata, 58).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo, Kellini, Bentankur, Pyanich (Jan, 73), Matyuidi (Joau Kanselu, 84), Ronaldu, Dibala (Bernardeski, 80), Manjukich.
Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (8), Parti (45), Aleks Sandro (55), Grizmann (89).

Shalke – Manchester Siti 2:3

Gollar:1 – 18 Aguero, 1:1 – 38, penalti Bentaleb, 2:1 – 45, penalti Bentaleb, 2:2 – 85 Sane, 2:3 – 90 Sterling.
Shalke – Fermann, Bruma, Sane, Nastasich, Mendil (Burgshtaller, 65), Serdar, Ochipka, Makkenni (Skribski, 78), Kalidjuri, Bentaleb, Ut (Xarit, 87).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Fernandino, Silva (Kompani, 70), Gyundogan, Bernardu Silva, de Bryuyne (Zinchenko, 87), Sterling, Aguero (Sane, 78).
Ogohlantirishlar: Otamendi (36), Ut (41), Fernandino (43), Sane (73).
Chetlatish: Otamendi (68).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top