Özga yurtda sarson musofir yurtdoşlarimiz haqida köp eşitamiz. Ularning dardini yurakdan his etamiz. Ammo, biz bilan şu yurtda birga yaşab kelayotgan vatandoşlarimiz ham borki, ular insoniylik jihatidan olganda şu yurt farzandi, ammo qonuniy jihatidan sal boşqaçaroq. Ya'ni, ular fuqaroligi bölmagan şaxslar. Bunday insonlar islohotlar natijasida birma-bir Özbekiston pasportiga ega bölişmoqda. Biz bunday maqomdagi vatandoşlarning «köp»ini kördik, biroq bizga yöllangan bir murojaat e'tiborimizni tortdi.
Namangan şahrida yaşovçi fuqaroligi yöq Mahmudjon Yusupov yöllagan murojaati asosida uning xonadoni tomon yöl oldik. 78 yoşni qoralagan bu möysafid bilan bir piyola çoy ustida suhbat qurdik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Özim şu yerda 1942 yilda tuğilganman. Avvallari Norin sovxozi deb ataladigan joy bölar edi. 1963 yilgaça öşa joylarda yaşadim. Özimizning hovli va boğlarimiz bor edi. Qişloq xöjaligi mexanizatsiyasi böyiça öqiganim uçun paxta zavodiga işga kirganman. Ma'lum vaqt master bölib işlab yurdim. 1963 yili Qirğizistonga jönatişdi. U yerda sirtqi öqişga kirdim. Öşa yerda işlab yurdim, keyin uylandim. Yaxşi obro‘-e'tibor topdik, heç kimga yomonlik qilmadik. 6 nafar farzandli böldim. Ayolim öqituvçi bölib işlardi. 1989 yilda ayolim bilan vatanga qaytiş masalasida tortişib qoldik. Bu yerga özim qaytib keldim. Ularning holidan xabar olib turdim. Bu yerda hujjatlaştiriş işlarini qilamiz desak, «siz boşqa joyda bölgansiz, şu sababli jinoyat qilganmisiz yöqmi tekşirişimiz kerak», deb pasportimni pasport stolda olib qolişgan. Biror joyda işlaşga haqqim yöqligi uçun ğişt quyib, kun ötkazdim. 1992 yil 2 iyulda bir buyruq çiqqan ekan. Buyruqqa köra, 27 iyulgaça hujjatlaştiriş qilinsin deyilgan ekan. Lekin meni heç kim ogohlantirmadi. Keyingi 3 yil içida behuda urindim. Keyin qölimga hujjat berib «qayoqqa ketsangiz ketavering» deyişdi. Men qayoqqa boraman, axir bu yer vatanim-ku? Qölimga şu hujjatni berişdi (fuqaroligi yöq şaxs ma'lumotnomasi). Bu hujjat bilan heç qayoqqa borolmayman, saylab-saylanolmayman. Lekin, mehnat qilganim haqida mehnat daftarçalarim bor. 1999 yil pensiyaga çiqdim. Örtada 2000 yili bu hujjatni yangilab berişdi», deydi keksa murojaatçi.

Möysafiddan fuqaroligi bor şaxs bilan uning huquqlarida qanday farq borligi haqida söradik.
«Men taşqariga çiqmoqçi bölsam, 400 AQŞ dollariga teng tölov tölayman. Qirğizistondagi farzandlarimni körib kelişga haqqim bormi yoki yöq? Bu yerdagi farzandlarim Özbekiston fuqarolari. Bir marta meni hamqişloqlarim mahallaga rais qilişmoqçi böldi. Lekin hujjatdagi kamçilik, ya'ni fuqaroligim yöqligi vaji bilan saylovga qöyilmadim. Şunça vaqt, bu yer uçun mehnat qilasan. Seni hamma ma'qul körsa-yu, şunday sabablar xalaqit qilsa. Menga mansabi ham kerak emas. Şunçaki, özimning yurtimda fuqaro bölişni xohlayman, axir bunga haqqim bor-ku? Qayoqqa bormay bir xil gap. Nima qil desa, qilyapmiz. Bu diyorda 45 yil işlagan bölsak. Şunça odam oldi-ku, biror gunohimiz bölsa aytsin. Faqat sabr qilişimni söraşadi. Mening huquqim yöq bölsa aytişsin. Bobom ham, otam ham qahramon bölişgan. Neça marta televideniyedan kelişdi, ötgan yili aprel oyida s'yomka qilib ketişgan. Şu böyi jim bölib ketişdi. Ana beradi, mana beradi deyişadi. Xabar olgani borsangiz, teskari qarab ketişadi.
Bu yerda boğim bor. Mehnat qilib farzandlarni öqitdik. Nolimaymiz. Xudoga şukr qilaman. Hamma narsam yetarli. Maşina, uy-joy. Lekin odamga alam qilar ekan-da, bolam», deydi möysafid közda yoş bilan.

Mahmudjon bobo haqida mahalladoşlaridan fikr oliş maqsadida «Yangihayot» mahalla fuqarolar yiğini raisi Olimjon Bahromov bilan uçraşdik.
«Mahmudjon aka mahallamizda şunça yil yaşab, yaxşi nom orttirgan. Şu yerdan uylanganlar, bola-çaqali bölgan. Bir neça bor pasport bölimlariga murojaat qilgan. Biz kerakli hamma hujjatlarni qilib berganmiz. U kişi mahalladagi jamoat işlarida, töy va ma'rakalarda, tadbirlarda doim labbay deb qatnaşadi. Şunça vaqtdan beri bir mahalla bölib yaşab kelyapmiz. Rais bölganimga 15 yil bölgan bölsa, yomonligini körmadim. Haşarlarda ham doim yoşlarga boş bölib turadi. Nega pasport berişmayapti, bunisi bizga ham qoronği», deydi mahalla raisi.
Namangan viloyati migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasiga ham bir kirib ötdik. Boşqarma rahbari, podpolkovnik Qorabayev bilan uçraşdik. Lekin Içki işlar tizimidagi şaffoflikka bölgan işonç örniga yana yopiqlikka duç keldik.
Möysafid hamyurtimizning holati juda ta'sirli. Uning sözlari ta'na sözlari emas, bu sözlar çorasizlik va adolatsizlikdan norozi bölayotgan kişi tilidan çiqayotgan sözlar edi. Yurtga şunça yil mehnati singgan inson bu vatandan ham ozgina e'tibor ilinjida murojaat qilsa-yu, javob ololmasa...
Bahodir Ahmedov












