Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan şahrida bir guruh yigitlar boşqa yigitlarning buyumlarini zörlik işlatib olib qöygan holat aks etgan videotasvirlar tarqaldi.

Mazkur holat Namangan viloyat Içki işlar boşqarmasi tomonidan örganildi.

Aniqlanişiça, 19-sentabr kuni Namangan şahrining “Daştboğ” mahallasi hududida 2-sonli kasb-hunar texnikumining 1-bosqiçida tahsil oluvçi 7 nafar talaba şu texnikumning 4 nafar 1-bosqiç talabasining yonidagi pul, soat va telefonlarini zörlik işlatiş yöli bilan talon-toroj qilgan.

Tergovga qadar ötkazilgan tekşiruv davomida videotasvirda aks etgan barça iştirokçilarning şaxsiga aniqlik kiritildi. Şuningdek, mazkur holat natijasida biror-bir şaxsga tan jarohati yetkazilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.