Mustaqillik bayrami arafasida imzolangan prezident farmoni bilan, 264 nafar şaxs Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda “Özbekiston 24” telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, 2016-yildan buyon qariyb 26 ming nafarga yaqin şaxs Özbekiston fuqaroligiga qabul qilingan.
Şuningdek, fuqarolikni tan oliş institutining joriy etilişi natijasida 60 mingdan ortiq şaxs Özbekiston fuqarosi deb tan olindi.
“Fuqarolik pasporti biz uçun eng oliy unvon desak ham böladi. Buning uçun prezidentimizga öz minnatdorçilimni bildiraman”, deydi Tojikistonda tuğilib, 26 yildan buyon Toşkent viloyatida yaşayotgan Xursanoy Jumaboyeva.
“2000-yilda Tojikistondan köçib kelganman. Yillar davomida Tojikistonga öta olmadim. Onam rahmatli ötib ketdi, hatto oxirgi manziliga kuzata olmadim – menga eng alamlisi öşa... Qolgan hamma narsani unutsa böladi, lekin öşani unutib bölmaydi”, – deydi u.
“40 yil kutdim mana şu narsani. Mana endi men – Özbekiston fuqarosiman. Faxrlanaman jannatmakon Özbekistonda yaşaganimdan. Yurtboşimiz omon bölsinlar”, – deydi Robiya Qahhorova.

Qayd etilişiça, yangi farmon bilan fuqarolikka qabul qilingan 264 vatandoşning 90 nafari Surxondaryoda, 47 nafari Toşkent viloyatida, 39 nafari Qoraqalpoğistonda, 38 nafari Sirdaryo viloyatida, 15 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafari esa Buxoro viloyatida istiqomat qiladi.
“Özbekistonga 10 yoşimda kelganman. Şu yerda maktabda öqidim, fuqaroligim yöqligi uçun öqişlarga kirolmadim, davlat işlariga kirib işlolmadim. Mustaqilligimizning 35 yilligiga, mana, fuqaro böldim – pasport oldim”, – deydi sirdaryolik Matluba Jörayeva.
“Bu kunlarni 40 yildan beri kutdim. Prezidentimizga rahmat, bayramlarga yana bizning kayfiyatimizni kötardilar. 1979-yilda kelin bölib tuşganman... Saylovlarda qatnaşaman, bemalol Tojikistonga öta olaman endi”, – deydi sirdaryolik boşqa bir vatandoş Adolat Malikova.












