Aholi salomatligini muhofaza qiliş yönalişida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda Bojxona qömitasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida Namangan şahridagi uylardan biri xolislar iştirokida közdan keçirildi. U yerda 1996-yilda tuğilgan fuqaro tomonidan kelgusida sotiş maqsadida sanitariya qoidalariga zid ravişda köp miqdorda dori vositalari saqlab kelinayotgani aniqlandi.
Xususan, xonadondan tegişli hujjatlarga ega bölmagan va sifati kafolatlanmagan 56 turdagi jami 13 184 dona dori vositasi topilgan. Ular orasida «Sefotaksim», «Bifidumbakterin», «Atropin», «Tidomet forte» va boşqa turdagi preparatlar bölgan. Dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.
Tekşiruvlar davomida mazkur «yaşirin ombor»da saqlangan dori vositalari qöşni respublika hududidan aylanma yöllar orqali olib kelingani ma’lum böldi.
Baholaş xulosasiga köra, olib qöyilgan dori vositalarining umumiy qiymati 577 mln 381 ming sömni taşkil etgan.
Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.












