“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktablarga kiriş va çiqiş joylarida yölning qatnov qismidan trotuarni beton tösiqlar bilan ajratiş haqida petitsiya paydo böldi.

Qayd etilişiça, köplab maktablar avtomobil yöllarining çetida joylaşgan. Ularning kiriş va çiqiş qismi bevosita yölning harakat qismiga tutaşadi. 

“Bu maktab öquvçilari uçun xavfni yuzaga keltirişi mumkin. Qolaversa, köplab avtomobil haydovçilari transport vositalarini maktablarga yaqin joylarga töxtatişadi”, - deyiladi petitsiyada.

Bildirilişiça, bu holat maktablar atrofida tirbandlikni keltirib çiqarişi bilan birga öquvçilarga dars-maşğulotlari davomida noqulayliklarni yuzaga keltiradi.

“Öquvçilar xavfsizligini ta'minlaş, turli noxuşliklarning oldini oliş maqsadida maktablar oldidagi trotuarlarni yölning qatnov qismidan ajratib turadigan beton tösiqlarni örnatişni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.