Rus tilini milliy valuta - tengedan olib taşlaş töğrisidagi qaror Qozoğistonning içki işi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova brifingda ma'lum qildi. 

Uning qayd etişiça, Moskva respublikaning rus tilida sözlaşuvçi fuqarolari huquqlari masalasi böyiça Ostona bilan doimiy aloqada bölib turibdi. Bu haqda «Govorit Moskva» radiostansiyasi xabar tarqatdi.

«Mavzu bizning jiddiy e'tiborimiz markazida bölib turibdi. Bu TIVning vazifa va funksiyalaridan biridir, uşbu holat nafaqat Qozoğistondagi özgariş nuqtai nazaridan, balki rus tili ona tili bölgan kişilar yaşaydigan barça hududlarga aloqador narsa», - deya ta'kidlab ötdi Zaxarova. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston hukumati milliy valuta – tanganing dizayniga özgartiriş kiritgandi.

Endi tanga va qoğoz tangalarda rus tilidagi yozuv bölmaydi. Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning tegişli farmoni «Adilet» axborot-huquqiy tizimi saytida e'lon qilingan.  

Qozoğistonda rus tili rasmiy til maqomiga ega. U davlat tili hisoblanmaydi va konstitutsiyaga köra davlat taşkilotlarida qöllanişi mumkin. Mamlakat hukumati aholining qozoq tilidan taşqari, rus va ingliz tilini örganişga undaş maqsadida «uç tillik» siyosatini yurgazadi.