Toşkent viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi viloyat hududida tezlik oqibatida yöl transport hodisalari salmoğini kamaytiriş maqsadida patrul avtomobillarga yangi namunadagi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari örnatmoqda. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2018 yilning 12 oyi viloyat hududida sodir etilgan yöl-transport hodisalarining kelib çiqiş sabab va şart-şaroitlari tizimli ravişda kompleks tahlil qilinganda, qariyb 50 foiz yöl transport hodisalarini kelib çiqişiga tezlik asosiy omil bölib qolmoqda.
«Uşbu patrul avtomobillarga örnatilgan fotoradarlar real vaqt rejimida avtomatik ravişda qoidabuzarlikni qayd etadi», – deyiladi IIB xabarida.

Ta'kidlanişiça, qoidabuzarlik aniqlanganda simsiz aloqa orqali avtomobil raqami, sana, vaqt va voqea joyidan iborat bölgan ma'lumotlarni «Özbekiston poçtasi»ning ma'lumotlarni qayta işlaş markazi orqali qoidabuzarlikni sodir etgan haydovçi yoki yuridik şaxsga poçta orqali xabar beradi.
Hozirda uşbu fotoradarlar test rejimida işlamoqda.











