Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida YPX xodimlarining töxtaş işorasiga böysunmasdan, ulardan qoçişga uringan haydovçi 15 sutkaga qamaldi.
Voqea 12-avgust kuni sodir bölgandi. Tungi xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan Nexia-2 avtomaşinasi hujjatlarni tekşiriş maqsadida töxtatilgan. Biroq haydovçi YPX xodimining qonuniy töxtaş işorasiga böysunmasdan, voqea joyidan yaşirinişga uringan. Keyingi çorrahada xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan ham haydovçiga bir neça bor töxtaş işorasi berilganiga qaramay, u içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, harakatni davom ettirgan.
Oqibatda patrul ekipaji tomonidan qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan Nexia-2 xizmat avtomaşinasi yordamida çeklangan. Biroq haydovçi patrul avtomaşinasini urib yuborib, voqea joyidan yana yaşirinişga uringan. Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida haydovçining şaxsi aniqlanib, uşlangan.
«Hujjatim yöqligi sabab GAI xodimlaridan qörqib, qarama-qarşi harakatlandim», – degandi u öşanda.
Çiroqçi tumani sudi qarori bilan haydovçiga Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 34-moddasi ikkinçi qismiga muvofiq, uzil-kesil 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Sudda u qilmişidan puşaymonligini bildirgan.













