23 fevral kunduzi Hindistonning Uttar-Pradeş ştatidagi töquvçilik fabrikasidagi portlaşda kamida 10 kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy politsiya va guvohlarga iqtibos keltirgan holda NDTV telekanali xabar berdi.

Voqea Bxadoxi okrugida yuz bergan. Guvohlarning ma'lum qilişiça, portlaş şunday kuçda bölganki, nafaqat fabrikaning özini butunlay, balki yaqin oradagi bir neçta binoni ham vayron qilgan. Halokatning aniq sabablari hozirça noma'lum, biroq politsiya sanoat obekti hududida muşaklar işlab çiqaruvçi noqonuniy ustaxona bölganini aniqlaşga muvaffaq bölgan. 

“Portlaş yuz berganda fabrikada odamlar kam bölgan. Vayronalar ostida kimdir qolgani ehtimoli kam”, deb aytgan ştat politsiyasi vakili Piyuş Şrivastava.

Huquq-tartibot idoralari uşbu voqea yuzasidan jinoiy iş qözğatib, tergov olib bormoqda.