Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida moliya vazirining “Pensiya işlarini rasmiylaştiriş va yuritiş tartibi hamda pensiya hujjatlarining şakllari va ularni töldiriş qoidalari töğrisidagi yöriqnomaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi buyruği loyihasi joylaştirildi.
Pensiya işlarini rasmiylaştiriş va yuritiş tartibi hamda pensiya hujjatlarining şakllari va ularni töldiriş qoidalari töğrisidagi yöriqnomaga kiritilişi mumkin bölgan özgartiriş va qöşimçalar:
1-bandning ikkinçi xatboşisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Yakka tartibdagi tadbirkor (çet elda yollangan holda işlovçi şaxs, dehqon xöjaligi a'zosi, oilaviy tadbirkorlik sub'yekti oilasi a'zosi uçun, şuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat şartnomasi böyiça yollangan xodimlar uçun) tomonidan:
2019 yil 1 yanvarga qadar bölgan davr uçun – Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga suğurta badallari;
2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uçun – yagona ijtimoiy tölov tölanganligini tasdiqlovçi ma'lumotnoma uning yaşaş joyi böyiça Özbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida beriladi.”.
11-bandning birinçi xatboşisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Inspektor arizaçi yoki taşkilot vakiliga taqdim etilgan hujjatlarning (mehnat daftarçasi, arxiv ma'lumotlari, taşkilot tomonidan taqdim etilgan ma'lumotnomalar, yakka tartibdagi tadbirkor (çet elda yollangan holda işlovçi şaxs, dehqon xöjaligi a'zosi, oilaviy tadbirkorlik sub'yekti oilasi a'zosi uçun, şuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat şartnomasi böyiça yollangan xodimlar uçun) tomonidan 2019 yil 1 yanvarga qadar bölgan davr uçun suğurta badallari, 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uçun esa yagona ijtimoiy tölov tölanganligini tasdiqlovçi ma'lumotnomalar va soliq agenti hisoblanmaydigan iş beruvçidan daromad oluvçi xodimning jami yillik daromad töğrisidagi deklaratsiyalaridan taşqari) asl nusxalarni qaytaradi va unga arizaning tegişli qismini qirqib olgan holda, hujjatlar qabul qilinganligi töğrisida tilxat beradi, bunda tilxat nusxasi taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda Pensiya jamğarmasi bölimida saqlanadi. Mehnat daftarçasining asl nusxasi Pensiya jamğarmasi bölimining pensiya tayinlaş komissiyasi (keyingi örinlarda - komissiya deb yuritiladi) tomonidan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boşqa tölovlarni tayinlaş yoki tayinlaşni rad etiş töğrisidagi qarori qabul qilingandan söng arizaçiga qaytarilişi şart.”.
13-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Inspektor pensiya, ijtimoiy nafaqa va boşqa tölovlarni tayinlaş uçun taqdim etilgan hujjatlar asosida kompyuter bazasiga ma'lumotlarni kiritadi, iş staji, örtaça iş haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boşqa tölovlar miqdorini hisoblaydi, hisob-kitoblarni çop etadi va pensiya, ijtimoiy nafaqa va boşqa tölovlarni tayinlaş yoki tayinlaşni rad etiş töğrisida komissiya qarori loyihasini tayyorlaydi. Barça ma'lumotlar kiritilgandan söng kompyuter bazasi tomonidan pensiya işiga raqam beriladi hamda pensiya yiğmajildi uşbu raqam bilan qayd etiladi.
Inspektor ariza beruvçining soliq tölovçining identifikatsiya raqami va şaxsiy jamğarilib boradigan pensiya hisobvarağiga asosan Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi va Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki bilan axborot almaşinuvi böyiça özaro hamkorlik, şu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, ariza beruvçining iş staji, iş haqi va 2019 yil 1 yanvarga qadar bölgan davr uçun hisoblangan suğurta badallarini, 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uçun esa mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadlar summasini özaro soliştiradi.”.
18-banddagi “mansabdor şaxsning imzosi, şuningdek taşkilot” sözlaridan keyin “(tadbirkorlik sub'yektlaridan taşqari)” sözlari qöşiladi.
22-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Tölov hujjatlari rasmiylaştirilgandan söng pensiya yiğmajildi inspektorga qaytariladi, inspektor öz navbatida pensiya yiğmajildini Pensiya jamğarmasi arxivida saqlaş uçun arxivariusga topşiradi.”.
30-2-band öz kuçini yöqotgan deb topiladi.
35-banddagi “, şundan söng taşkilot” sözlaridan keyin “(tadbirkorlik sub'yektlaridan taşqari)” sözlari qöşiladi.
44-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boşqa tölovlar tölovi amalga oşirilgan muddat pensioner (nafaqa oluvçi)ning pensiya yiğmajildiga kiritiladi.”.
45-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Pensiya yiğmajildini hisobdan çiqariş avvalgi yaşaş joyi böyiça Pensiya jamğarmasi bölimi pensiya va nafaqalar tölovi monitoringi guruhi tomonidan rasmiylaştiriladi. Bu haqdagi tegişli yozuv pensiya yiğmajildi, şuningdek mazkur Yöriqnomaning 28-ilovasiga muvofiq, pensioner (nafaqa oluvçi) yaşaş manzili özgarganligi munosabati bilan pensiya yiğmajildini hisobdan çiqarişni röyxatga oliş kitobiga kiritiladi.”.












