Pensiya jamğarmasi bölim boşliği Abror Xolmatovga köra, pensiya islohotiga doir loyihada fuqarolar uçun pensiya tayinlaşda talab etiladigan minimal iş stajini bosqiçma-bosqiç oşirib, 15 yilga yetkaziş nazarda tutilmoqda.
Biroq şu bilan birga, fuqarolarga iş stajini mustaqil ravişda şakllantiriş imkoniyatlari ham yaratilmoqda. Jumladan, fuqaro özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötib, ijtimoiy soliq tölasa, bu davr uning iş stajiga hisoblanadi.
“Fuqarolar hozirdanoq iş stajini yiğişni maqsad qilişi kerak. Özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötib, ijtimoiy soliq tölaş orqali kelgusidagi pensiya uçun staj şakllantiriş imkoniyati berilmoqda. Bu mexanizmni fuqarolarni mehnat stajini oldindan şakllantirişga rağbatlantiruvçi norma sifatida köriş mumkin”, – dedi Xolmatov.
Uning taʼkidlaşiça, sönggi yillarda pensiya tayinlaş jarayonida minimal staj bilan pensiyaga çiqayotgan fuqarolar uluşi ortib bormoqda. Masalan, 2010-yilda Pensiya jamğarmasi taşkil etilgan davrda yangi tayinlangan pensiyalarning taxminan 6 foizi minimal staj bilan tayinlangan bölsa, bugungi kunda bu körsatkiç qariyb 60 foizga yetgan.
“Bu fuqarolarning belgilanganidan yuqoriroq iş stajini şakllantiriş darajasi pasayayotganini körsatadi. Buning sabablaridan biri - şu paytgaça iş stajini mustaqil ravişda jamlaş mexanizmining yetarli darajada mavjud bölmagani.
Endilikda özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötiş va ijtimoiy soliq tölaş orqali fuqarolarga kelgusidagi pensiyasi uçun iş stajini özlari şakllantiriş imkoniyati berilmoqda.
Minimal staj ham birdaniga emas, bosqiçma-bosqiç oşiriladi. Masalan, yetti yil talabi keyinçalik sakkiz yilga, undan söng töqqiz yilga va şu tarzda oşirib boriladi”, – dedi u.
Jamğarmaning yana bir masʼuli Sardor Fayzullayev esa Xalqaro mehnat taşkilotining 102-son konvensiyasida pensiya tayinlaş uçun minimal iş staji 15 yildan kam bölmasligi tavsiya etilganini taʼkidladi.
“Bu özgariş aynan konvensiya talabi sababli kiritilmoqda, degani emas. Asosiy maqsad - fuqarolarni uzoqroq va rasmiy işlaşga rağbatlantiriş.
Masalan, erkak kişi 18 yoşidan mehnat faoliyatini boşlasa va 60 yoşida pensiyaga çiqsa, uning mehnat faoliyati 42 yilni taşkil etadi. Amaldagi yetti yillik minimal staj talab qilinsa, bu uning 42 yillik mehnat faoliyatining atigi 17 foiziga teng. 42 yil mehnat qilişi mumkin bölgan fuqaro uçun yetti yillik staj talabi juda kiçik uluşni taşkil qiladi. Bu esa kelgusida uning pensiyasi minimal miqdorda qolişiga olib kelişi mumkin” – dedi u.












