Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Samvel Babayan Toşkentning «Lokomotiv» futbol klubida iş boşlaşi yuzasidan izoh berdi.
«Samvel Babayan Özbekiston milliy terma jamoasi JÇ-2018 yöllanmasini qölga kirita olmaganidan söng iste'foga çiqarilgandi. Keyinroq taşkilot Samvel Babayanning boş jamoadagi faoliyatini alohida örganib çiqiş talab etilgan ön mingdan ziyod maktubni Özbekiston Respublikasi Prezidentining portali orqali qabul qilib oldi. Aynan mana şu sörovlarga asosan 2018 yilning 15 yanvar kuni Samvel Babayanga nisbatan Özbekiston futbol assotsiatsiyasi iş oçdi hamda mazkur iş yakuniga qadar ÖFA Ijroqömi murabbiyni futboldan çetlatdi.
Örganişlar Samvel Babayan milliy terma jamoadan öz manfaatlari yölida foydalangandi degan xulosaga olib kelgandi. Şuning öziyoq uning uçun terma jamoalar eşiklarini yopiş uçun yetarli böldi. Biroq keyinçalik ÖFA Ijroqömiga «Bunyodkor» futbol klubi nomidan bildirgi taqdim etilib, Babayandan diskvalifikatsiyani olib taşlaş söralgan.
«Bunyodkor» futbol klubi S.Babayanga şaxsiy kafil böliş taşabbusini bildiradi va unga qöllanilgan intizomiy çorani yengillaştirişni söraydi. Zero sönggi vaqtlarda davlat rahbarining şaxsan özi bilib-bilmay aybli qilmiş qilgan va öz aybidan çuqur puşaymon bölgan şaxslarni afv etmoqda. Öz navbatida aybini tan olgan va uni yuviş uçun mehnat qilişga tayyor turgan şaxslarga nisbatan insonparvarlik prinsipini qöllagan holda yordam qölini çöziş zarur deb hisoblaymiz», — deyiladi yozilgan bildirgida.
ÖFA Ijroqömi a'zolari mazkur xatni bir ovozdan yoqladi. Şu tariqa, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan oçilgan iş 2018 yilning 1 fevral kuni yopildi hamda Samvel Babayanning diskvalifikatsiyasi bekor qilindi.
Samvel Babayan termada faoliyat olib borgan davrda yöl qöyilgan kamçiliklar, uning termaga boş murabbiy etib tayinlanişi borasidagi qarorning uzviy davomidir. Bu holat Özbekiston futbol assotsiatsiyasiga xulosa örnida xizmat qilib, milliy terma jamoa boş murabbiyi javob berişi kerak bölgan aniq talablar işlab çiqilişi vazifa sifatida ÖFA Terma jamoalar bölimiga topşirildi. Unga köra, milliy terma jamoani keyingi örinlarda Yevropa va Lotin Amerikasi futboli bilan yaxşi taniş bölgan, ulardagi ustun jihatlarni özbekistonlik futbolçilarga örgata oliş salohiyatiga ega bölgan, şuningdek, faoliyati davomida közga körinarli yutuqlarni qölga kiritgan mutaxassis boşqarişi kerak edi. ÖFA şundan kelib çiqqan holda milliy terma jamoaga taniqlik argentinalik mutaxassis Ektor Kuperni olib keldi.
ÖFA bundan buyon Samvel Babayan Özbekistonning heç qaysi terma jamoasida faoliyat yuritişiga yöl qöymaydi. Qöşimçasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan «Lokomotiv» futbol klubining qaroriga ham qarşilik körsatmaydi», deyiladi ÖFA xabarida.
Samvel Babayan asosan «Paxtakor» klubidagi va Özbekiston terma jamoasidagi faoliyati orqali keng jamoatçilikka tanilgan. 2014 yilda u «Paxtakor» boş murabbiyi sifatida Özbekiston çempioni bölgan, 2014 va 2015 yillarda Özbekistonning eng yaxşi murabbiyi deb topilgan. 2017 yilda milliy terma jamoa bilan JÇ-2018 yöllanmasini qölga kiritolmagan edi.
2018 yil yanvar oyida Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Samvel Babayanni «Paxtakor» klubi futbolçilari şartnomasi bilan boğliq qallobligi uçun futboldan umrbod çetlatgan edi. Şundan söng u Latviyaning «Spartak» klubida boş murabbiy va texnik direktor bölib işladi.
Qayd etiş joizki, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi ötgan bir yil davomida Samvel Babayandan diskvalifikatsiya olib taşlangani haqida heç qanday qarorni e'lon qilmagandi.












