Venesuela parlamenti muxolifat yetakçisi Xuan Guaydoning 5 kun davomida xorijda qolişga ruxsat berişi iltimosini ma'qulladi. Guaydoning parlamentga maktubi va qabul qilingan qarorni parlament yiğilişida kotib öqib berdi.

Maktubda Guaydo unga mamlakat taşqarisida 23 fevraldan boşlab 5 kun qolişni söraydi. Biroq maktubdan Guaydo 5 kundan keyin Venesuelaga qanday yöl bilan qaytişi aniq emas. Guaydo söragan 5 kunlik muhlat 28 fevralda tugaydi.

Avvalroq Guaydo joriy haftada Braziliyaga taşrif buyurmoqçiligi ma'lum qilindi. Nacional naşrining ma'lum qilişiça, siyosatçining Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru bilan uçraşuvi rejalaştirilgan.

Guaydo Venesuelani tark etişi taqiqlanganiga qaramay 22 fevralda Kolumbiyaning çegaradagi Kukuta şahriga kelgan. 25 fevralda Lima guruhi yiğilişida iştirok etgandan keyin joriy haftada Venesuelaga qaytişini ma'lum qilgan.