Senat «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) töğrisida»gi qonunga hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi va Jinoyat-ijroiya kodekslarga tegişli özgartirişlar kiritilişini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'qullangan özgartirişlarga köra, Ombudsman huzurida milliy preventiv mexanizm joriy etilmoqda, ya'ni qiynoqlarning oldini oliş böyiça tegişli çoralar köriş belgilangan.
«Qonun ombudsmanning qiynoqlarga solişning va muomalada böliş hamda jazolaşning boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovçi turlarining oldini olişga doir faoliyatini huquqiy jihatdan mustahkamlovçi yangi norma bilan töldirilgan», – deydi muzokara nutqida senator.
Unga köra, vakil qamoqda saqlaş joylariga muntazam kirib turiş orqali qiynoqlarga solişning oldini oliş çoralarini köradi.
Vakil uşbu yönalişda qator funksiyalarni amalga oşirişi, jumladan:
- qamoqdagi şaxslarning soni haqida axborot olişi;
- ular bilan muomalada böliş şaroitlarini örganişi;
- suhbatlar ötkazişi;
- hujjatlar bilan tanişişi;
- zarur hollarda qamoqdagi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş va davolaş talabi bilan çiqişi;
- mas'ullardan qamoqdagi şaxslarning huquqlarini ta'minlaş masalalari yuzasidan tuşuntirişlar olişi;
- aniqlangan ğayriqonuniy harakatlarga çek qöyiş yuzasidan tezkor çoralar körişi;
- qiynoqlarga solişning oldini olişga doir taklif va tavsiyalar işlab çiqişi mumkin.
Ta'kidlanişiça, uşbu normaga köra, ombudsman nafaqat qamoqda saqlaş joylarida, balki şaxslar turgan va öz ixtiyori böyiça çiqib keta olmaydigan boşqa joylarda, masalan psixiatriya, narkologiya va şu kabi boşqa muassasalarda ham qiynoqlarga solişning oldini oliş çoralarini köradi.
Qonunda mazkur vazifalarni amalga oşirişning taşkiliy jihatlari ham aniq yoritilgan bölib, unga muvofiq Vakil tomonidan ekspert guruhi tuziladi.
Ekspert guruhi nodavlat notijorat taşkilotlarining huquqşunoslik, tibbiyot, psixologiya, pedagogika va boşqa yönalişlarda professional bilim va tajribaga ega vakillari orasidan tuziladi.
Şuningdek, qonunda nafaqat Vakilning özi, balki uning maxsus yöllanmasi bilan ekspert guruhi a'zolari va ombudsman Kotibiyati vakillari ham qamoqda saqlaş joylariga moneliksiz kiriş huquqi nazarda tutilgan.












