Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi diplomatlari Turkiyada bölgan davrida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan yoki tergovda bölgan vatandoşlarga konsullik va huquqiy yordam körsatiş maqsadida Izmir şahridagi ayollar va erkaklar axloq tuzatiş muassasalarida böldilar.
Diplomatlar uşbu muassasalarda Özbekiston fuqarolarini saqlaş şaroitlari, tibbiy xizmat körsatiş, oziq-ovqat ta’minoti, telefondan foydalaniş, advokatlar va yaqin qarindoşlari bilan uçraşiş, murojaatlarni qabul qiliş huquqini beriş holatlarini örganişdi.
Jazoni ijro etiş muassasalari rahbariyati bilan bölib ötgan muzokaralarda kelgusida diplomatlarning vatandoşlar bilan muntazam uçraşuvlarini ötkaziş, Özbekiston fuqarolariga konsullik va huquqiy yordam körsatiş sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga kelişib olindi. Mahkumlarni Özbekistonga jazoni ötaş uçun yuboriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Özbekistonliklar bilan yakkama-yakka suhbatlar çoğida ularning muammolari körib çiqildi va Turkiya qonunçiligiga muvofiq ularning huquq va erkinliklari, majburiyatlari haqida ma’lumot berildi.











