Ertaga, 5 mart kuni Toşkentning «Paxtakor» klubi Osiyo Çempionlar Ligasidagi iştirokini boşlaydi. 3 yillik tanaffusdan söng yana Osiyoning klublar örtasidagi eng nufuzli musobaqasiga qaytgan «Paxtakor» guruh bosqiçini Tehronda «Persepolis»ga qarşi öyin bilan boşlaydi. «Ölim guruhi»dan örin olgan «Paxtakor» uçun birinçi öyin juda muhim hisoblanadi. Futbolimiz bayroqdorining guruh bosqiçidagi ilk raqibi qanday jamoa?

«Eronning «Paxtakor»i...

«Persepolis»ga «Eronning «Paxtakor»i» deb ta'rif beriş mumkin. Har ikki klub öz mamlakatining eng maşhur jamoasi hisoblanadi. «Persepolis» 11 marta Eron çempioni bölgan va bu borada rekordçi hisoblanadi. Çempionlikdan taşqari yana 10 marta turli xil içki kuboklarda ğolib bölgan. 1991 yil Osiyo kubok egalari kubogida (hozir bunday musobaqa ötkazilmaydi) ğolib çiqqan. Bu jamoada öz vaqtida Ali Dai, Ali Karimi, Mehdi Mehdavakiya, Karim Bagiri, Muhammad Nuri, Xudodod Azizi kabi Eron futboli afsonalari töp tepişgan.

«Persepolis» nafaqat futbol klubi, balki butun boşli sport industriyasi nomidir. «Persepolis»da 15ta sport turi böyiça atletlar şuğullanişadi. Klubning ramzi tarixiy Persepolis şahridagi ustunlarda tasvirlangan buqalardan olingan.

«Qizil armiya»

Uy öyinlarini qizil libosda ötkazuvçi «Persepolis»ni muxlislar «Qizil armiya» deb ataşadi. Şijoatli öyini bilan çinakam armiyani eslatuvçi bu klubning muxlislari ham armiya nomiga munosib. Osiyo Çempionlar Ligasida muxlislar taşrifi böyiça bu klubga teng keladigani yöq. Öz öyinlarini afsonaviy «Ozodi» arenasida ötkazadigan «Persepolis» OÇLda köp muxlis töplaş böyiça mutlaq rekordçi hisoblanadi.

OÇL tarixida eng köp muxlis yiqqan 20ta öyinning barçasi Eronda ötkazilgani hayratlanarli natija, şunday emasmi? 20ta öyinning 19tasi esa «Ozodi»da bölib ötgan. Bu 19 öyinga yo «Persepolis», yo «Istiqlol» mezbonlik qilgan. OÇL tarixida eng köp muxlis yiqqan dastlabki 5ta öyin «Persepolis» mezbonligida ötgan. Ularning 4tasida stadionga 100 ming muxlis taşrif buyurgan.

Bunday öyinlar qatorida 2015 yil may oyida «Bunyodkor»ga qarşi ötkazilgan uçraşuv ham bor. Öşanda «qaldirğoçlar» 1:2 hisobida yutqazişgandi. Qayd etiş kerakki, «Bunyodkor» 2009 yil «Persepolis»ni «Ozodi»da 1:0 hisobida mağlub etgandi. Rivaldoning penaltidan urgan goli toşkentliklar jamoasiga ğalaba keltirgan öşa öyinni 95 mingdan ortiq muxlis stadionda tomoşa qilgan. «Persepolis» OÇLning amaldagi finalçisi ekanini va ayni damda Eron çempionatida yetakçilik qilayotganini inobatga olsak, «Paxtakor»ga qarşi öyinga ham juda köp muxlis tuşişini taxmin qilsak böladi.

«Persepolis» hozir eng yaxşi holatda

«Paxtakor»ning OÇL guruh bosqiçidagi ilk raqibi yana bir jihatdan Osiyo Çempionlar Ligasida eng yaxşilardan hisoblanadi. «Persepolis» Osiyo Çempionlar Ligasining yarimfinalida eng köp öynagan 4 jamoadan biridir. «Persepolis» 6 marta yarim finalga çiqqan va bu borada Janubiy Koreyaning «Seongnam» («Paxtakor»ni 2004 yil OÇL yarim finalida qoldirib ketgan «Seongnam») klubi bilan bir xil körsatkiçga ega. Faqat hamşahari «Istiqlol» (7 marta) va Saudiyaning «Al Hilol» (9 marta) jamoalari OÇL yarim finalida «Persepolis»dan köproq öynagan.

2000-yillarda juda kuçli bölgan «Persepolis» keyinçalik uzoq vaqt Osiyo maydonlarida muvaffaqiyatli öynay olmadi. Lekin oxirgi ikki mavsumda klub Branko Ivankoviç murabbiyligida Çempionlar Ligasida kamida yarim finalgaça yetib bormoqda. Ötgan mavsum «Persepolis» ikki öyindan iborat finalda Yaponiyaning «Kaşima Antlers» klubiga imkoniyatni boy berdi. 2017 yil esa yarimfinalda «Al Hilol»ga yengilgandi. Oxirgi ikki mavsumda Eron çempioni bölayotgan va OÇLda kamida yarimfinalga çiqayotgan «Persepolis» hozir juda yaxşi holatda desak, mubolağa bölmaydi.

«Persepolis» öynaganda...

«Persepolis» hamda «Istiqlol» örtasidagi Tehron derbisining ta'rifini eşitgansiz. Bu şunçalik katta öyinki, hatto FIFA saytida bu derbi oldidan prevyu beriladi. Şu kuni Tehron çinakamiga ikkiga bölinadi: köklar va qizillarga. Biroq «Persepolis» öynaganda şahar qizilga burkanadi. Muşfiq Kozimiyning maşhur «Körqinçli Tehron» romanini bizda ham köpçilik öqigan. Tehron haqida eng maşhur asar hisoblangan bu roman çiqqaç, Tehron bilan birga qörqinçli sözini işlatiş qaysidir ma'noda urf böldi.

Tehron aslida köpçilik öylagani kabi qörqinçli emas, lekin xiyobonlari köp bu ajoyib şahar «Persepolis» öynaganda raqib jamoalar uçun yaxşi ma'noda qörqinçliga aylanişi bor gap. Futbolda qörqinçli sözini masalan «Enfild» yoki «San Mames» kabi şovqinli stadionlarga nisbatan ham işlatiş mumkin. Bunday muhitda öynaş bir tomondan murakkabdir, lekin boşqa tomondan şovqinli stadionda öynaşning zavqi ham boşqaça.

Qanday futbolçilar bor?

«Persepolis» tarkibi u qadar yulduzi emas. Taqqoslaş uçun «Paxtakor» ayni damda Özbekistonning köplab yaxşi futbolçilarini özida jamlagan. «Persepolis»da yulduzlar köp bölmasa-da, yaxşi darajadagi futbolçilar öynaşadi. Bu klub bejizga bölajak yulduzlar uçun Yevropaga yöl oçmagan axir. Eron terma jamoasining oxirgi yillardagi asosiy posboni Alirizo Beyronvand aynan «Persepolis»da öynaydi. Jamoa sardori Said Jalol Husayni ham köpçilikka yaxşi taniş. Bu markaziy himoyaçini Karluş Keyruş JÇ-2018 va Osiyo Kubogi-2019 bahslariga olib ketmagandi. Eron JÇ-2018 saralaşida Özbekiston terma jamoasini Toşkentda 1:0 hisobida mağlub etgan va öşa öyindagi yagona golni aynan Said Jalod Husayni urgandi.

Mehdi Turobi ham maşhur futbolçi. Ektor Kuper kelganidan söng terma jamoa ilk jiddiy öyinida aynan Eron bilan öynagandi. 11 sentabr kuni Toşkentda ötkazilgan örtoqlik öyinida Eron 1:0 hisobida ğalaba qozongan va yagona golga aynan Mehdi Turobi mualliflik qilgan. U asta-sekin Eron terma jamoasida Ozmun, Jahonbahş, Ansarifard kabi hujumçilarga raqobatçiga aylanmoqda. Yana bir hujmçi Ali Alipur ham Eronda öz nomiga ega futbolçi. Xullas, «Persepolis»ga qarşi öyin «Paxtakor» uçun oson ötmaydi. Öz navbatida «Paxtakor»ning hozirgi tarkibiga nazar solsak, «Persepolis» ham bu öyinda yaxşigina ter tökişiga töğri keladi...

OÇL-2019.
«D» guruhi. 1-tur
«Persepolis» - «Paxtakor»
Tehron. «Ozodi» stadioni, 20:00.
Boş hakam: Xettikamkanamge Perera (Şri-Lanka).