Özbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro mehnat taşkilotining xalqaro mehnat normalari qöllanilişiga kömaklaşiş uçun uç tomonlama maslahatlaşuvlar töğrisidagi 144-sonli Konvensiyasini (Jyeneva, 1976 yil 21 iyun) ratifikatsiya qiliş haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 5 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.

Hujjat bilan Xalqaro mehnat taşkilotining xalqaro mehnat normalari qöllanilişiga kömaklaşiş uçun uç tomonlama maslahatlaşuvlar töğrisidagi 144-sonli Konvensiyasi (Jyeneva, 1976 yil 21 iyun) ratifikatsiya qilindi.

Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT)ning 144-sonli konvensiyasi tadbirkorlar va mehnat qiluvçilarning erkin, mustaqil taşkilotlar taşkil etişga bölgan huquqlarini mustahkamlovçi XMT konvensiyalari, xususan, Özbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilgan 87-sonli va 98-sonli konvensiyalar qoidalaridan kelib çiqadi. Uning maqsadi XMT faoliyatiga oid masalalar, jumladan, mazkur taşkilotning konvensiyalarini ratifikatsiya qiliş va ularni qöllaş maqsadida vakolatli davlat organi tomonidan körilgan çora-tadbirlar xususida mazkur organ tarafidan XMTga yillik ma'lumotlarni taqdim etiş yuzasidan davlat hokimiyati organlari, tadbirkorlar hamda mehnat qiluvçilar vakillari örtasida milliy darajadagi uç tomonlama maslahatlaşuvlar samaradorligini ta'minlaşdan iborat.

139 ta davlat, xususan, Armaniston, Belarus, Ozarboyjon, Rossiya, Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston kabi MDH mamlakatlari qöşilgan mazkur konvensiyaning ratifikatsiya qilinişi xalqaro mehnat standartlarini milliy qonun hujjatlariga joriy etişga, XMT va boşqa xalqaro taşkilotlar bilan aloqalarda Özbekistonning ijobiy imijini şakllantirişga kömaklaşadi.

Şuningdek, prezident “Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi töğrisidagi Konvensiyani (Minsk, 1995 yil 26 may) ratifikatsiya qiliş haqida”gi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.

Hujjat bilan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi töğrisidagi Konvensiya (Minsk, 1995 yil 26 may) quyidagi qöşimça şart bilan ratifikatsiya qilindi:

“Özbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi faoliyatini moliyalaştiriş uçun unda öz vakillarini ta'minlaş uçun zarur bölgan hajmlarda mablağ ajratadi”.

MDH Parlamentlararo Assambleyasi umumiy manfaatlarga taalluqli hujjatlarning loyihalarini qörib çiqiş va masalalarni muhokama qiliş maqsadida 1992 yil 27 martdagi MDH iştirokçi-davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi töğrisidagi Kelişuviga muvofiq maslahat instituti sifatida taşkil etilgan.

MDH Parlamentlararo Assambleyasining mustaqil davlatlararo taşkilot sifatidagi maqomi 1995 yil 26 maydagi Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi-davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi töğrisidagi Konvensiyaga asosan MDH davlat rahbarlarining Minsk (Belarus Respublikasi) majlisida töliq belgilangan. 1996 yil 16 yanvardan kuçga kirgan mazkur konvensiyaga MDH iştirokçi-davlatlarining barçasi a'zo hisoblanadi. MDH PA faoliyatida iştirok etayotgan barça davlatlar mazkur hujjatni ratifikatsiya qilgan.

Özbekistonning mazkur tuzilmada iştirok etişi MDH iştirokçi-davlatlarining milliy qonunçiligini yaqinlaştirişga qaratilgan hamkorligini yanada rivojlantiradi va uni muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun tegişli mexanizmlarni yaratişga xizmat qiladi.