Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) missiyasining 18 fevral - 4 mart kunlaridagi rasmiy taşrifi böyiça yakuniy bayonotda aytilişiça, Özbekiston makroiqtisodiy barqarorligiga kreditlaşning haddan ziyod ösişi jiddiy xavfga aylandi.

2018 yilda kreditlaşning jadal ösişi kapital tovarlar importi oqimini moliyalaştiriş, şuningdek, avvalgi ön yilliklar mobaynida yetarli mablağ sarflanmagan uy-joy va infratuzilma qurilişiga investitsiyalarni köpaytiriş imkonini berdi, deyiladi bayonotda.

«Kelgusida makroiqtisodiy barqarorlik uçun asosiy xavf şundan iborat böladiki, uzoq muddatli kredit şovqini inflyatsion bosimni kuçaytiradi va ortiqça taşqi defitsit paydo bölişiga hissa qöşadi», - deya hisoblaydi jamğarma ekspertlari.

Bayonotda ta'kidlanişiça, Özbekistonda kreditni moliyalaştiriş böyiça boy salohiyatli manbalar mavjud: mamlakatning yirik töplangan moliyaviy zaxiralari işlatilişi mumkin; taşqi kreditorlar esa, aftidan, imtiyozli şartlarda qarz berişga tayyor.

Garçi Özbekiston uçun bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaşda yangi qiyinçiliklar tuğdirsa-da, mamlakat rasmiy organlari keskin ösiş va kreditlaş hajmi pasayişi jarayonlarini oldini oliş böyiça siyosat çoralarini özgartiriş zarurligini aniq bilib turibdi.