Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytiriş va tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaşga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan belgilab qöyilişiça, 2019 yil 1 maydan:
ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qöllaş böyiça taqiqlar bekor qilinadi;
tavsiyaviy xarakterdagi ayollar soğliğiga salbiy ta'sir etişi mumkin bölgan soha yoki kasblar röyxati tasdiqlanadi;
bola parvarişlaş ta'tilining kamida uç oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasi tartibida qöşimça bir oy nafaqa tölanadigan bola parvarişlaş ta'tili beriladi;
ikki yoşga tölmagan farzandini tarbiyalovçi ota-onalarning biriga ularning iş paytidagi dam oliş va ovqatlaniş, bolani ovqatlantiriş uçun beriladigan tanaffuslar hisobidan iş beruvçi bilan kelişgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilaş huquqi beriladi;
ayollarning pensiya yoşiga tölganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoşga doir davlat pensiyasini oliş huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat şartnomasini 60 yoşga tölgunga qadar yoki muddatli mehnat şartnomasini muddati tugagunga qadar iş beruvçining taşabbusiga köra bekor qiliş taqiqlanadi;
erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilişi bilan boğliq işlarning sudlarda körib çiqilişida ayollarga advokatlar tomonidan körsatiladigan yuridik xizmat uçun haq ularning xohişiga köra davlat hisobidan qoplanadi.












