Rossiya Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Sergey Levin RF Özbekistonga har yili 750 ming tonna şakar yetkazib berayotgani, ammo joriy yilda bu körsatkiç keskin tuşib ketganiga e'tibor qaratdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

6 mart kuni qişloq xöjaligi masalalarida ayrim holatlarni muhokama qilgan Rossiya Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Sergey Levin rus şakarining Özbekistonga importi nega tuşib ketayotganini ma'lum qilgan.

«Özbekistonda şakar işlab çiqariş zavodlari işga tuşdi. Bundan taşqari, Pokiston, Eron, Ukraina va Belarusdan mahsulot yetkazib beriş hajmi oşyapti»,​ —​ deydi u. 

Ma'lum qilinişiça, Rossiya tomoni örnatilgan tarixiy munosabatlar va kelgusida hamkorlik istiqbolini inobatga olib, rus şakarining Özbekistonga eksport qilişda 200 ming tonna miqdorida kvota ajratişni söragan.

Avvalroq, Özbekistonning Belgiyadagi elçisi Dilyor Hakimov ​ Toşkent viloyati hududida şakar işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça loyihani amalga oşiriş istiqbollarni Belgiyaning DSEC kompaniyasi rahbariyati ​muhokama qil​gani haqida xabar berilgandi.

Prezidentning 12 dekabrdagi farmoni bilan import qilinadigan şakarga 20 foizlik QQS joriy etilgandi.

Şu bilan birga, şakar işlab çiqaruvçilarni import xomaşyosi asosida işlab çiqarilgan hajmlar qismiga qöşilgan qiymat soliğidan ozod qiliş muddati 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

Ekspertning izoh berişiça, import qilinuvçi şakarga (asosan Ukrainadan) 20 foizlik QQS joriy etilişidan közlangan maqsad - «mahalliy işlab çiqaruvçilarga oyoqqa turişga yordam beriş».​