Prezidentning 12 dekabrdagi farmoni bilan import qilinadigan şakarga 20 foizlik QQS joriy etildi.
Şu bilan birga, şakar işlab çiqaruvçilarni import xom aşyosi asosida işlab çiqarilgan hajmlar qismiga qöşilgan qiymat soliğidan ozod qiliş muddati 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. Buning oqibatida, Özbekiston bozorlarida şakar narxi oşdi, deb yozmoqda Ca-news.
Davlat soliq qömitasi mutaxassisining qayd etişiça, import qilinuvçi şakarni, 2018 yilda amal qilgan, QQSdan ozod etiş içki bozorda talabni qondiriş va çakana narxlarning keskin ösişiga yöl qöymaslik uçun vaqtinçalik çora bölgan.
Ekspertning izoh berişiça, import qilinuvçi şakarga (asosan Ukrainadan) 20 foizlik QQS joriy etilişidan közlangan maqsad - «mahalliy işlab çiqaruvçilarga oyoqqa turişga yordam beriş».
Hukumat 2017 yil sentyabrida özbek sömi devalvatsiyasini e'lon qilganidan söng, Özbekistondagi ikki şakar işlab çiqaruvçi - «Xorazm-Şakar» va «Angren-Şakar» öz faoliyatini töxtatdi.
Şakarni ulgurji sotiş bilan şuğullanuvçi tadbirkorning xabar qilişiça, şakar narxi avtomatik tarzda 20 foizga oşdi. «12 dekabrga qadar men şakarni bir kilogramm uçun 4160 sömdan sotib olardim, endi u 4500 söm turibdi. Bir qop şakar 208 ming edi, hozir esa 225 mingga yetdi. Endi uni bir kilogramm uçun 5300-5500 sömdan sotişga majburman», - deya aytib ötgan tadbirkor.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, har bir özbekistonlik yiliga örtaça 15-16 kilogramm şakar iste'mol qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Ukrainadan şakar importini tiklagani xabar berilgandi.












