Islomobod aeroportida yölovçilardan biri öz duosida samolyotning falokatga uçraşini söragandan keyin samolyotdan tuşirib yuborildi. Bu haqda Pokistonning Geo TV telekanali ma'lum qildi.
Halil ismli yölovçi Islomoboddan Dubay orqali Avstraliyaga uçişi kerak bölgan.
U öz örnini egallagaç, samolyotning falokatga uçraşini söray boşlagan va bu bilan qolgan yölovçilar hamda ekipaj a'zolari örtasida sarosima keltirib çiqargan. Uçuvçi bu haqda aeroport xavfsizlik xizmatiga xabar bergaç, yölovçi samolyotdan tuşirilgan.












