AQŞning Aleksandriya şahri sudi Donald Trampning saylovoldi ştabi sobiq rahbari Pol Manafortni bir qator ayblovlar, jumladan soliq va bank qonunçiligi qoidabuzarliklari va xorijda hisobraqamlarni yaşiriş böyiça 47 oylik qamoq jazosiga tortdi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.

Sudya Tomas Ellisning aytişiça, 69 yoşli Manafortning 9 oy hibsda uşlab turilgani hisobga olinib, jazo muddati 38 oygaça qisqaradi. Sud, şuningdek, Manafortga 50 ming dollar miqdorida jarima va 24,8 mln dollar kompensatsiya tölaş majburiyatini yuklagan.

Ayblov tomoni ayblanuvçiga “10 yildan köproq vaqt davomida özini qonundan ustundek tutgani uçun” 19 yildan 24 yilgaça qamoq jazosi berilişini söragan.

Manafort, şuningdek, Kolumbiya okrugi sudida ham javobgar hisoblanadi. Unga bu yerda 13 mart kuni hukm çiqariladi. 

AQŞning köplab OAVlari Tramp sobiq xodimini afv etişi mumkinligiga yöl qöyişmoqda.